Awesome Image

YAPONIYA TAJRIBASI O'RGANILDI

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan mahalliy konchilik va metallurgiya korxonalari vakillari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Ushbu ushrashuvda “Navoiyuran” DKning mas'ul rahbarlari ham ishtirok etib, markazning ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuvda respublikadagi konchilik va metallurgiya korxonalari mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, markazda qisqa malaka oshirish kurslari tashkillashtirildi. Yaponiyaning geologiya, qazib olish, ko‘mir va metallurgiya yo‘nalishlaridagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qishlari yoki ilmiy amaliyot o'tish masalalari yuzasidan markaz tomonidan kelishuvlar olib borildi. 

Korxonalarining ishlab chiqarish sektorida mavjud ilmiy yechimlar zarur bo’lgan muammo va yangi loyihalarni hal etishda markaz tomonidan Yaponiyaning yetakchi ta'lim muassasalarining ilmiy xodimlarini jalb etgan holda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati