Awesome Image

ZAFAROBODDA BAYRAM SHUKUHI

Zafarobod  qo‘rg‘onidagi "Yoshlik" madaniyat va sport markazida Yangi yil munosabati bilan bayram  tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shodiyonda "Navoiyuran"DK, "Zafarobod" kon boshqarmasi hamda "NKMK jamg‘armasi" DM Zafarobod hududiy  boshqarmasi rahbariyati, ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab, yig‘ilganlarga “Navoiyuran” DK Bosh direktori Jamal Fayzullayevning korxona jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini Bosh direktorning o'rinbosari A.Oltinov o‘qib eshittirdi. Shuningdek, “Zafarobod” kon boshqarmasi direktori O.Ro‘ziyev va “Zafarobod” hududiy boshqarmasi direktori A.Bazarov kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, jamoaning kelgusi yildagi faoliyatlarida ulkan zafarlar va omadlar yor bo‘lishini tiladilar.

Bayram tadbirida “Yoshlik” madaniyat va sport markazi badiiy jamoalari va xonandalari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram konsert dasturi namoyish etildi.