Awesome Image

Zafarobodda bayram tadbiri

Zafarobodda bayram tadbiri

        

      Navoiyuran” davlat korxonasida 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan Zafarobod qo'rg'onidagi “Yoshlik” Madaniyat uyining faollar zalida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda “Navoiyuran” DK Zafarobod kon boshqarmasi hamda “NKMK Jamg'armasi” DM Zafarobod HB mehnat jamoalari ishtirok etishdi. Tadbirda “Navoiyuran” DK ishlab chiqarish bo'yicha direktor N.E.O'rdabaev, kon boshqarma direktorii O.B.Ro'ziev, Jamg'arma hududiy boshqarmasi direktori A.Bazarovlar tarmoqlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahorning ilk bayrami bilan samimiy tabriklab, nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat – ehtirom va eng ezgu tilaklarni bildirdilar.

     Tadbir davomida bir guruh ayol-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.