Awesome Image

ZAFAROBODDA MUSTAQILLIK SHODIYONALARI

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, “Navoiyuran” DK tizimida ham “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” degan ezgu g‘oya ostida keng nishonlanmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Zafarobod” kon boshqarmasida ham tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda kon boshqarmasi ishchi-xodimlari bilan birga uzoq yillar sohada samarali mehnat qilgan faxriylar va keng jamoatchilik vakillari, Zafarobod qo‘rg‘oni aholisi ishtirok etdi.

 

Tadbirda korxona bosh direktori J.Xasanov va Konimex tumani hokimi R.Ro‘ziev yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutlab, yurtimiz ravnaqi va ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdilar.

 

Shuningdek, korxonada kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarni amalga oshirish yuzasidan yangi konlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalash, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish borasida qator chora-tadbirlar belgilanganligini ta’kidladi.

 

Bayram tadbiri davomida korxonada samarali mehnat qilayotgan, o‘zining faolligi va tashabbuskorligi bilan hamkasblariga namuna bo‘layotgan bir guruh ishchi-xodimlarga "Navoiyuran faxriysi" va “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni hamda bosh direktorning Faxriy yorlig‘i topshirildi.

 

Shu bilan birgalikda, "Zafarobod" kon boshqarmasi va "NKMK jamg‘armasi" DM Zafarobod hududiy boshqarmasi rahbariyati tomonidan bir guruh ishchi-xodimlar taqdirlandi. 

 

Tadbirning badiiy qismida “Yoshlik” madaniyat va sport markazi xonandalari va badiiy jamoalarining diltortar kuy-qo‘shiqlari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, zafarobodliklarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati