• Kadrlarni qidirish va tanlash boʼlimi muhandisi

  • “Navoiyuran” DK Boshqarmasi (Navoiy shahri)
  • (79) 507-00-52
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy maʼlumot

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Togʼ-kon sanoati ishlab chiqarish yoʼnalishidagi kadrlar sohasida 3 yil ish tajribasi.

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Lavozimga nomzodlar uchun qoʼyiladigan malakaviy talablar:

      - oliy maʼlumot.

      - rus tilini ilgʼor darajada bilishi. Ingliz tilini bazaviy bilishi imtiyoz beradi.

      - ofis kompyuter dasturlaridan foydalanish koʼnikmalari (MS Office va boshqalar).

      - 1C dasturidan foydalanishni mukammal darajada bilish.

      - togʼ-kon sanoati ishlab chiqarish yoʼnalishidagi kadrlar sohasida 3 yil ish tajribasi.

               Muhandis oʼz funksional majburiyatlari doirasida quyidagilarni bilishi zarur:

       

              - Oʼzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini mukammal bilishi;

              - aholi bandligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va mehnatni muhofaza qilish me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona ehtiyojlari uchun kadrlarni qidirishni va tanlashni;        

              - korxona talablarini inobatga olgan holda nomzodlarni tanlashda ochiqlik va shaffoflik asosida malakali va yuqori malakali, shu jumladan xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni;

              - korxona rahbariyatining ko'rsatmasiga asosan, bo'lim boshliqlari bilan kelishilgan holda korxona boshqarmasiga qabul qilish va ishga joylashtirish uchun kadrlarni dastlabki tanlashda, ish natijalarini baholash mezonlarini;

              - yangi ishga qabul qilingan xodimlarni funksional majburiyatlari, bo'linmalar va korxona faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish orqali yangi ish joyiga moslashtirish amaliyotini.  

              Tegishli hujjatlar 2024 yilning 10 iyulidan 20 iyuliga qadar “Navoiyuran” DK boshqarmasining Kadrlarni qidirish va tanlash boʼlimi tomonidan qabul qilinadi. 

       

       

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Axborot xavfsizligi bo‘yicha muhandis

  • “Navoiyuran” DK Boshqarmasi (Navoiy shahri)
  • (79) 507-00-52
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi yo'nalishlari.

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Korxonada axborot xavfsizligini taʼminlash; maʼlumotlarni oqib chiqishdan, dasturlarni, tizimlarni va tarmoqlarni xakerlik, ruxsatsiz kirish, fayllarni buzish yoki boshqa turdagi hujumlardan himoya qilish, Axborotning ruxsatsiz kirish va o‘zgartirishdan xavfsizligini taʼminlash. Ruxsatsiz foydalanuvchilar tomonidan maʼlumotlarni ushlashdan himoya qilish. Axborot manbalarini tekshirish, internetdan yoki boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan maʼlumotlarni nazorat qilishning qo‘shimcha vositalaridan foydalanish, Axborot xavfsizligi dasturlarini ishlab chiqish va h.k..

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Xaridlarni rejalashtirish va mahalliylashtirish bo‘limi muhandisi

  • “Navoiyuran” DK Boshqarmasi (Navoiy shahri)
  • (79) 507-00-52
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus (muhandis yoki iqtisod) maʼlumotga ega mutaxassis yoki o‘z yo‘nalishiga ko‘ra muhandis sifatida ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish rejasi, ombor balanslari, xom ashyo isteʼmoli normalarini tanqidiy o‘rganish asosida korxona tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan nomenklatura bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish uchun yillik talabnomalarni qabul qilish. Tovar moddiy boyliklar isteʼmoli, moliyalashtirish limitlari bo‘yicha korxona resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida xavfsizlik zahiralari standartlarini bilish. Qabul qilingan talabnomalarga muvofiq, bajarish muddatlarini belgilab, rejalashtirilgan hajmlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uchun bo‘linmalar uchun xaridlar rejasini tuzish. Import o‘rnini bosish masalalari bo‘yicha respublika korxonalari bilan tizimli ravishda maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va korxonaning xarid bo‘limlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yangi turdagi mahsulotlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash. Yuqori turuvchi organlar va korxona rahbariyati tomonidan belgilangan topshiriqlar, manzillar va muddatlarda hisobotlarni tuzish va taqdim etish.

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va tahlil qilish guruhi texnigi.

  • Konimex tumani, “Zafarobod” qo‘rg‘onchasi
  • (79)-507-55-13, (79)-507-58-84
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy texnik

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 1

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus (Axborot texnologiyalari yo‘nalishlari)

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Birlamchi hujjatlar bo‘yicha olingan maʼlumotlarni qabul qilish, birlamchi hujjatlarning o‘z vaqtida qabul qilinishini nazorat qilish, hujjatlarni taqdim etish muddatlari buzilishining oldini olish choralarini ko‘rish, oddiy loyihalar va oddiy sxemalarni ishlab chiqish, ularning texnik shartlar va meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligini taʼminlash, ishda foydalanish uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni, innovatsion takliflar va ixtirolarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini asoslashda ishtirok etish, bajarilgan ishlar to‘g‘risida zarur hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uning xavfsizligini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalari va yo‘riqnomalari talablariga rioya qilish.

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Yoqilgʼi quyish shaxobchasi operatori

  • "Navoiyuran" DK "Markaziy moddiy-texnika bazasi" (Navoiy viloyati Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘oni)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Yoqilgʼi-tarqatish kolonkalari yordamida avtomashinalar, mototransport, traktorlar, har xil kema qurilmalariga va boshqa transport vositalariga yoqilgʼi va moylash materiallarini: benzin, kerosin, moy va boshqa yoqilgʼilarni quyish. Bu materiallarni transport vositalari haydovchilariga berish. Shinalardagi havo bosimini tekshirish. Kichik taraga qadoqlangan neft mahsulotlarini berish. Neft mahsulotlari va moylash materiallarini qabul qilish. Laboratoriya tahlillarini oʼtkazish uchun namunalar olish. Qabul qilinadigan va tarqatiladigan mahsulotlarga hujjatlar rasmiylashtirish. Smena uchun hisobot tuzish.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Burgʼilash muhandisi

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Nurota geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Texnik-ishlab chiqarish byurosi (Navoiy viloyati, Konimex tumani)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy kasbiy (texnik)

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Texnologik quduqlarni burgʼilash, qurish va taʼmirlash texnologiyasini. Xomashyo va materiallarga qoʼyiladigan texnik talablarni. Burgʼilash jihozi va uning ishlash printsipini. Ishlab chiqarishning texnik rivojlanishi istiqbollarini. Ishlarni bajarish bilan bogʼliq, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish boʼyicha nizomlar, yoʼriqnomalar, GOST (DST) lar, standartlar va boshqa rahbariy materiallarni, ish yuritishni. Oʼzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi asoslarini. 
      Kon boshqarmasi va uning boʼlinmalari tuzilishini. Аtrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalarini.
       Quduq tizimlari bilan yer ostida tanlab yeritmaga oʼtkazish usuli bilan maʼdan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini.

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha;

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Geotexnologik quduqlar operatori

  • "Uchquduq" geotexnologik koni 2-sonli geotexnologiya uchaastkasi ; (Navoiy viloyati, Uchquduq tumani)
  • 79-507-61-28
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 5

      Ma`lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Sath maxsus oʼlchagich (xlopushka) yordamida yer osti suvlari sathini oʼlchash. Quduqlar debitini yoriqli va suv osti sarf oʼlchagichrasxodomer va hajmiy usul bilan oʼlchash. Maxsus ruletkatayyorlangan uskuna orqali quduq chuqurligini oʼlchash. Namunalar olish. Qattiq liniyalar va egiluvchan shlanglarni yigʼish va boʼlaklarga ajratishda, hamda quduqlarni koʼchma kompressorlar yordamida oʼzlashtirishda ishtirok etish. Oʼxshash murakkablikdagi ishlarni va yuqoriroq malakali operator rahbarligi ostida bajariladigan ishlarni bajarish.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Induksion karotaj, yadroviy gammakarotaj, gʼayriixtiyoriy qutblanish karotaji, tokli karotaj, inklinometriya, termometriya, kavernometriya va rezistivimetriya usullari bilan quduqlarni tekshirishlarni oʼtkazish. Xizmat koʼrsatiladigan apparaturaning mexanik qismlarini profilaktik tekshirish va uning ishidagi nosozliklarni bartaraf qilish va yuqoriroq malakali operator rahbarligi ostida boshqa ishlarni bajarish. Quyidagilarni bilishi kerak: ishlatiladigan asboblar va yadroviy-geofizik apparaturalarning tuzilishi, ishlash printsipi, texnik tavsifini va ulardan foydalanish qoidalarini; quduqlarning yerusti va yerosti uskunalarining tuzilishi va texnik tavsifini; qoʼllaniladigan usullar boʼyicha quduqlarni geofizik tekshirishni amalga oshirish tartibi va qoidalarini; quduqlarni tekshirishning yadroviy-geofizik usullarining fizik asoslarini; kon jinslarining tasnifi asoslarini; apparaturalarni darajalash qoidalari va tartibini.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Yetakchi muhandis-geolog

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Geologiya boʼlimi (Toshkent shahar)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy (texnik)

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 5 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus ma‘lumotli (geologiya)

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Konlarning geologik tuzilishi va ularning oʼrganilish darajasini, xom-ashyo bazalarining joriy vaqtdagi holatini va uning rivojlanish istiqbollarini. Geologiya va Geofizika boʼlimi toʼgʼrisidagi nizom, korxona mehnat jamoasining jamoa shartnomasini, mazkur lavozim yoʼriqnomasi talablarini. Korxonada amal qiladigan va ishlarni bajarishga taalluqli qarorlar, buyruqlar, standartlar, GOST (DST) lar, yoʼriqnomalar, farmoyishlarni va rahbariyat hujjatlarini; ish yuritishni. Geologik, gidrogeologik, geofizik va topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qoʼllaniladigan asboblar va apparaturalar toʼgʼrisidagi umumiy maʼlumotlarni. Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini va ularni hisobga olish shakllarini (harakatlanish jadvallari). Yer ostida eritmaga oʼtkazish usuli bilan konlarni ekspluatatsiya qilish boʼyicha amaldagi qonunlar va yoʼriqnomalarni. Materiallar va hujjatlarni tuzish, hisobga olish, saqlash qoidalarini, hisobot, loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim qilish muddatlari va shaklini. Quduq tizimlari bilan yer ostida eritmaga oʼtkazish usuli bilan maʼdan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini. Yer osti boyliklari toʼgʼrisidagi qonun, tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun, yer kodeksi, yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalarini, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni.

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Muhandis-geodezist

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Topomarksheyderlik xizmati
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy (texnik)

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 2 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy kasbiy (geodeziya, marksheyderlik ishi)

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Geodezik va qurilish ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, geodezik asboblar, uskunalar va ulardan texnik foydalanish qoidalari; geodezik ishlarni ishlab chiqarish boʼyicha qoidalar, koʼrsatmalar; geodezik ishlarni bajarish boʼyicha ilgʼor mahalliy va xorijiy tajriba: iqtisodiyot asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va boshqaruv; qurilish va geodezik geodeziya boʼyicha meʼyoriy hujjatlar; mehnat qonunchiligining asosiy qoidalari.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Muhandis-metrolog

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Geologik laboratoriyasi (Toshkent shahri)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy (texnik)

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus ma‘lumotli

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Oʼlchov vositalari, asbob-uskunalarni metrologik sertifikatlash, tekshirish, kalibrlash, sozlash, ishlatish va saqlash boʼyicha standartlar, nizomlar, koʼrsatmalar, davlat standartlari, tashkilot standartlari, uslubiy materiallar va boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar; oʼlchov vositalarini (SI) ishlab chiqarish va texnik xizmat koʼrsatishni metrologik taʼminlashni tashkil etish; oʼlchov usullari va oʼlchov vositalarini toʼgʼri tanlash; tekshirish markalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, qoʼllash, saqlash va yoʼq qilish qoidalari; yangi oʼlchash vositalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash usullari; hisobotlarni, aktlarni, xatlarni, toʼlov hujjatlarini, tovarlar va asbob-uskunalar harakati toʼgʼrisidagi buxgalteriya hujjatlarini, asosiy vositalarni, qabul qilish hujjatlarini, xarajatlar smetasini, nuqsonli aktlarni va boshqalarni roʼyxatdan oʼtkazish tartibi va shakllari.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Transport uchastkasi, uchastka boshligʼi

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Bukantogʼ geologiya qidiruv ekspeditsiyasi (Navoiy viloyati, Uchquduq tumani)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy (texnik)

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus ma‘lumotli

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Uchastka boshligʼi bilishi lozim:
       -Oʼzbekiston Respublikasining, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilovchi hukumatning farmoyishlari, qarorlari va buyruqlarini; avtomobil transportining harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlashga oid uslubiy koʼrsatma va boshqa yoʼriqnomalarni; harakatlanuvchi tarkibning qurilmasi, texnik-iqtisodiy tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari, texnik va ekspluatatsion maʼlumotlari, avtotransport vositalari, tirkamalar, yuk koʼtaruvchi mashinalar va mexanizmlar, bosimli idishlar va boshqa asbob-uskunalar va qurilmalardan texnik foydalanish qoidalarini; ehtiyot qismlar, agregatlar ularning rusumlari, Gostlar, meʼyorlar va texnik foydalanish shartlarini belgilash; ishlab chiqarish texnologiyasi shina oʼrnatish va chilangarlik ishlarini tashkil etish; avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibiga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash texnologiyasini; transport vositalarining ishdan chiqish sabablari va ularni bartaraf etish usullari; avtotransport vositalarining texnik holatini nazorat qilishning diagnostika usullari;
      - Oʼzbekiston Respublikasi avtomobil yoʼllaridan texnik foydalanish qoidalari; Oʼzbekiston Respublikasi avtomobil yoʼllarida avtotransport vositalarining harakatlanishi boʼyicha yoʼriqnomalar; avtomobil transportida yuk va yoʼlovchilarni tashish qoidalarini; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish toʼgʼrisidagi nizom; yoʼl harakati qoidalari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimini; transport vositalariga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash sohasidagi ilgʼor mahalliy va xorijiy tajriba; harakatlanuvchi tarkib va ekspluatatsiya materiallari boʼyicha hisobotlarni yuritish tartibi

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha;

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Geolog

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli Geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshonshahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Geologiya yo‘nalishi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Geolog egallab turgan lavozimi bo‘yicha funksional majburiyatlari doirasida quyidagilarni bilishi lozim:
       Konning geologik tuzilishi va uning o‘rganilganlik darajasini, kon xom ashyo bazasining joriy holatini va uni rivojlantirish imkoniyatlarini; Geologiya, gidrogeologiya, geofizika, topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qo‘llaniladigan asboblar va apparatura to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni;
      Geologik va geofizik xizmatlar ko‘rsatish paytida dala va kamera ishlarini olib borish metodikasini, kon-tayyorlash ishlarini;Kernni tanlab olish bilan bog‘liq hujjatlarni, qirqimni tuzish hamda quduqlarning pasportlarini rasmiylashtirishni;Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini hamda ularning hisobini yuritish shakllari (harakat jadvallari)ni;Konlardan yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish (YeOTEO‘) usulida foydalanishga doir amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalarni; Geologiya xizmati va burg‘ilash uchastkasi faoliyati masalalariga doir buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar va boshqa rahbarlik materiallarini;
      Yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘llaniladigan kon maydonlarini ochish va ishlov berish tizimlarini; Kon bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobini yuritish va hisobotni rasmiylashtirish tartibini;
      Iqtisodiyot hamda konda ishlab chiqarishni tashkil etish asoslarini;

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Transportni ta‘mirlash bo‘yicha mexanik

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Yer usti transportining uskunalari va texnologiyalari

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanikning asosiy vazifasi bo‘linmaga xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha belgilangan reja topshiriqlari moddiy, mehnat va energiya sarflarini mumkin qadar pasaytirgan holda bajarilishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilishiga erishish maqsadida, qo‘l ostidagi ishchi-xodimlar, qurilmalar, liniyadagi avtotransport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi xavfsiz, uzluksiz va bir maromda ishlashini, shuningdek ta’mirlash, o‘rnatish va sozlash ishlarini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilishdan iborat. Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik uchastkaning harakatlanuvchi tarkib va boshqa qurilmalar hamda ularga kommunikatsiyalarni ishlatish, ta’mirlash va ularga xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchi-xodimlariga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik bo‘linma rahbarining taqdimnomasiga binoan kon boshqarmasi direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik vaqtinchalik yo‘qligida uning o‘rniga kon boshqarmasi direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan, ishlash huquqiga va mutaxassisligi bo‘yicha tegishli darajadagi malakaga ega bo‘lgan, kadrlar zahirasidagi xodimlardan biri qo‘yiladi.  Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik uchun alohida mehnat sharoitlari belgilanadi (ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda, avariyali vaziyatlar yuzaga kelganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda u ishdan tashqari vaqtda ishlarni bajaradi).

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • O‘ziyurar karotaj stansiyasi motoristi

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli Geotextologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 6 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Quduqlarda geofizik tadqiqotlar oʼtkazishda karotaj stantsiyasini boshqarish. Quduqga asboblarni tushirish va koʼtarish. Stantsiyani quduqqa olib borishni tayyorlash. Harakatlanayotganda stantsiyani boshqarish. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar uchun foydalaniladigan yuklash va asbob-uskunalar, ularni quduqlarga oʼrnatish va demontaj qilishda ishtirok etish. Stantsiyani profilaktik tekshirish va taʼmirlash. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalangan holda geofizik qurilmalarni kalibrlashda ishtirok etish. 
       Bilishi kerak: quduqlarda geofizik tadqiqotlar oʼtkazish tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabellari va quduq uskunalarini tushirish va koʼtarish qoidalari; karotaj uskunalari va jihozlarini tashish qoidalari; karotaj stantsiyalarini profilaktika qilish qoidalari va tartiblari; benzoelektr agregatlari va elektr qurilmalariga texnik xizmat koʼrsatish va ulardan foydalanish qoidalari.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash bo‘yicha elektrmonter

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Elektrodvigatellar, generatorlar, transformatorlar, ulash va ishga tushirish-rostlash apparaturalari, akkumulyatorlar va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipini; elektrotexnik materiallarning asosiy ko‘rinishlarini, ularning xususiyatlari va vazifasini; bajariladigan ishlar ko‘lamida elektr jihozlarini montaj qilish va ta’mirlash qoidalari va usullarini; qo‘llaniladigan ishchi va nazorat-o‘lchov asbobi vazifasi va foydalanish qoidalarini va ish joyini tayyorlash va tashkillashtirish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni; past kuchlanishli simlarni almashtirish, ulash va kavsharlash yo‘llari va usullarini; elektr tokidan shikastlanishda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini; II malakaviy guruh ko‘lamida xavfsizlik texnikasi qoidalarini; takelaj (ortish-tushirish) ishlarini bajarish usullari va ketma-ketligini.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Taʼmirlovchi-chilangar

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      oddiy uzellar va mexanizmlar, jihozlar, agregatlar va mashinalarni qismlarga ajratish, ta’mirlash va yig‘ish bo‘yicha ishlarni bajarishning asosiy usullarini; chilangarlik va nazorat-o‘lchov asbobining vazifasini va ularni ishlatish qoidalarini; ishlov beriladigan materiallarning asosiy mexanik xususiyatlarini; g‘adir-budirlik joizlik (dopusk) lari  va o‘tkazish (posadka) lari, kvalitetlari va ko‘rsatkich (parametr) lari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni; moylar, yuvish tarkiblari, metallar va surkov moylarining nomi, markirovkasi va qo‘llanilishi qoidalarini.  

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Muhandis-geolog

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Bukantogʼ geologiya qidiruv ekspeditsiyasi geologiya xizmati (Toshkent shahri)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Konlarning geologik tuzilishi va ularning oʼrganilish darajasini, xom-ashyo bazalarining joriy vaqtdagi holatini va uning rivojlanish istiqbollarini. Geologiya va Geofizika boʼlimi toʼgʼrisidagi nizom, korxona mehnat jamoasining jamoa shartnomasini, mazkur lavozim yoʼriqnomasi talablarini. Korxonada amal qiladigan va ishlarni bajarishga taalluqli qarorlar, buyruqlar, standartlar, GOST (DST) lar, yoʼriqnomalar, farmoyishlar va boshqa rahbariy materiallarni; ish yuritishni. Geologik, gidrogeologik, geofizik va topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qoʼllaniladigan asboblar va apparaturalar toʼgʼrisidagi umumiy maʼlumotlarni. Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini va ularni hisobga olish shakllarini (harakatlanish jadvallari). Yer ostida tanlab yeritmaga oʼtkazish usuli bilan konlarni yekspluatatsiya qilish boʼyicha amaldagi qonunlar va yoʼriqnomalarni. Materiallar va hujjatlarni tuzish, hisobga olish, saqlash qoidalarini, hisobot, loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim qilish muddatlari va shaklini. Quduq tizimlari bilan yer ostida tanlab yeritmaga oʼtkazish usuli bilan maʼdan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini. Yer osti boyliklari toʼgʼrisidagi qonun, tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun, yer kodeksi, yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalarini, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori

  • "Uchquduq" geotexnologik koni Geotexnologiya ishlariga geofizik xizmat koʼrsatish boʼyicha uchastka (Navoiy viloyati, Uchquduq tumani)
  • 79-507-61-28
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 3

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 2 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi boʼyicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Quduqlarda induktsion karotaj, yadro gammakarotaji, oʼz-oʼzidan qutblanish karotaji, tokli karotaj, inklinometrik, termometrik, kavernometrik va rezistivimetrik uslublar bilan tadqiqotlar oʼtkazish. Magnitometriya, elektr qidiruvlari, seysmo qidiruvlar oʼtkazish. Kon inshootlarini yadro va rentgenoradiometrik uslublarda sinab koʼrish. Kukunsimon va qoʼpol yanchilgan naʼmunalarni oʼlchash. Аpparaturani darajalash uchun etalon maxsus maydonini tayyorlash. Xizmat koʼrsatayotgan apparaturalarining mexanik qismlarini, uning ishidagi nosozliklarni bartaraf etgan holda profilaktik koʼrib chiqish va malakasi yuqoriroq operator rahbarligida boshqa ishlarni bajarish. Maʼdanlarni, ularning tarkibida metall borligini aniqlamasdan sinab koʼrish.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Oʼziyurar korotaj stantsiyasi motoristi

  • "Uchquduq" geotexnologik koni Maxsus avtotransport uchastkasi; (Navoiy viloyati, Uchquduq tumani)
  • 79-507-61-28
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 2 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): kasbi boʼyicha kamida 6 razryadli malaka guvohnomasi va "VS" toifali haydovchilik guvohnomasi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      quduqlarda geofizik tadqiqotlar oʼtkazishning tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabeli va quduq apparaturalarini tushirish va koʼtarish qoidalari; karotaj-perforatsiya asbob-uskunalari va otuvchi apparaturalarni, karotaj, quduq atrofi va quduqlar oraligʼida tadqiqotlar oʼtkazish uchun asbob-uskunalar va apparaturalarni transportda tashish qoidalari; karotaj, perforatsiya va seysmokarotaj stantsiyalarini profilaktik taʼmirlash tartibi va qoidalari; ion hosil qiluvchi nurlanishlar manbaalari bilan ishlash qoidalari; benzoelektrik agregatlar va elektr qurilmalariga xizmat koʼrsatish va foydalanish qoidalari.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • geofizik sinov operatori

  • Samarqand viloyati Nurobod tumani "Sabirsoy" geotexnologik koni
  • 79-507-40-40
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 2 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori kasbi boʼyicha malakaviy guvohnomasi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      18 yoshdan kichik boʼlmasligi, olib borilayotgan kon, burgʼilash ishlari, konlarga geotexnologik ishlov berish usullari toʼgʼrisida asosiy maʼlumotlarni; kon qazish joylarining joylashuvi va vazifasini; kon ishlarini olib borishda belgilangan signalizatsiyani; profilaktik vositalar bilan ishlash qoidalarini, qoʼllanilayotgan asboblar va yadroviy-geofizik apparaturasining tuzilishi, ishlash printsipi, texnikaviy xususiyati va ishlatish qoidalarini; quduqlarning yer usti va yer osti uskunasining texnikaviy xarakteristikasini; quduqlarni geofizik tekshirishlarni olib borish va maʼdanlarni qoʼllanilayotgan usullar boʼyicha sinash tartibi va qoidalarini; quduqlarni tekshirish va maʼdanlarni sinash yadroviy-geofizik usullarining fizikaviy asoslarini; togʼ jinslarini taʼriflash asoslarini; apparaturani darajalashni bilishi, ishchilar intizomi toʼgʼrisidagi nizomni bilishi, korxona ichki tartib qoidalariga amal qilishi, yongʼin xavfsizligi va sanoat sanitariya talablarini bajarishi.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • oʼziyurar korotaj stantsiyasi motoristi

  • Samarqand viloyati, Nurobod tumani "Sabirsoy" geotexnologik koni
  • 79-507-40-40
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 3

      Ma`lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 2 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oʼziyurar korotaj stantsiyasi motoristi kasbi boʼyicha malakaviy guvohnomasi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      18 yoshdan kichik boʼlmasligi, tibbiy koʼrikdan oʼtgan boʼlishi hamda sogʼligi xolatidan kelib chiqib ogʼir va zararli mexnat sharoitlarida ishlashga yaroqli deb topilgan boʼlishi, noavtomatik apparaturali quduqlarda geofizik tadqiqotlarni oʼtkazishda oʼziyurar karotaj va perforatorli stantsiyalarni boshqarish. Quduqli asboblarni tushirish va koʼtarish. Stantsiyaning quduqqa borishini tayyorlash. Boshqa joylarga koʼchishda stantsiyani boshqarish. Quduqlarni geofizik tadqiqot, montaj va demontaj qilishda qoʼllanilayotgan apparatura va uskunalarni ortish va tushirishda ishtirok etish. Stantsiyalarni profilaktik koʼrikdan oʼtkazish va taʼmirlash. Аpparaturani sozlash. Ionlovchi nurlanish manbalarini ishlatish bilan geofizik apparaturasini graduirlashda ishtirok etish kabi vazifalarni bajarishi, ishchilar intizomi toʼgʼrisidagi nizomni bilishi, korxona ichki tartib qoidalariga amal qilishi, yongʼin xavfsizligi va sanoat sanitariya talablarini bajarishi.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Аvtomobil haydovchisi

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 6-sonli Аvtomobil bazasi (Navoiy viloyati, Konimex tumani)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): B, C, BE, CE-toifali haydovchilik guvohnomasi, xavfli yuklarni tashishga haydovchiga ruxsat berish toʼgʼrisidagi guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Xizmat koʼrsatiladigan avtomobillarning agregatlari, mexanizmlari va asboblarining vazifasini, tuzilishini, ishlash printsipini, ishlashini va xizmat koʼrsatishini; yoʼl harakati qoidalarini; harakat xavfsizligi asoslarini; avtomobilni haydash xavfsizligiga ob-havo sharoitlarining taʼsirini; avtomobillardan texnik foydalanish qoidalarini (haydovchilarga tegishli boʼlgan); tez buziladigan va xavfli yuklarni tashish qoidalarini; avtomobildan foydalanish jarayonida vujudga keladigan nosozliklar alomatlarini, sabablarini va xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va bartaraf qilish usullarini; garajlarda va ochiq turar joylarda avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatishni oʼtkazish tartibini va avtomobillarni saqlash qoidalarini; nosozliklar alomatlarini, sabablarini va xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va bartaraf qilish usullarini; texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha ishlarni bajarish hajmlarini, davriyligini va asosiy qoidalarini; avtomobillarning taʼmirlararo oʼtilgan masofalarini oshirish usullarini; dala sharoitlarida avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlashni tashkillashtirishning oʼziga xos xususiyatlarini; avtomobillarda radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini; tashishlarni dispetcherli boshqarish asoslarini, dispetcherlik aloqasi texnik vositalarini va avtomobillar harakatini nazorat qilishni; shaharlararo tashishlarning oʼziga xos xususiyatlarini, haydovchilarning ish rejimini; asosiy foydalanish materiallarining xususiyatlarini, qoʼllanilishini, ularni transportda tashish va saqlash qoidalarini, sarflash meʼyorlarini va ularni tejash boʼyicha choralarni; avtomobil shinalarining oʼtgan masofasini va akkumulyator batareyalarini ishlatish muddatini oshirish usullarini; yoʼlovchilarni mindirish va tushirish maqsadida avtobuslarni keltirish qoidalarini va ushbu qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish; yoʼl-transport hodisalarida yoʼlovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish tartibini; avtomobilning ishlashini hisobga olish boʼyicha dastlabki hujjatlarni toʼldirish qoidalarini; yangi avtomobillarni va kapital taʼmirlashdan keyin yurgizib sinab koʼrish qoidalarini; baxtsiz hodisalarda vrachgacha birinchi yordam koʼrsatish usullarini bilishi kerak.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • ESLATMA! Yuqoridagi har bir lavozimga keltirilgan talablar bo‘yicha nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.