"Navoiyuran" Davlat korxonasi tomonidan O'zbekiston Respublikasining Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchta uran qazib olish bo'linmalari tomonidan
18 ta uran koni o'zlashtiriladi.
Markaziy Qizilqum hududida tabiiy uranni qazib olish ishlari birinchi marotaba 1958-yilda Uchquduq konidan boshlangan. Dastlab kon qazish ishlari ochiq kon usulida amalga oshirilib, keyinchalik sanoatning gidrogenli qumtosh konlarini yanada rivojlanishi natijasida yer ostida tanlab eritish usuli  joriy etildi.

 

 

Shunday qilib, 1994-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida qazib olinayotgan barcha uran yer ostida tanlab eritish usuli bilan qazib olinmoqda.

Gidrogeologik sharoitlar xilma-xilligi va konlarda ishlab chiqarilayotgan rudalarining samarali tarkibi korxonaga uranni eritib olish usullari va texnologiyasini tanlashda katta tajriba orttirishga imkon yaratdi. Natijada  korxona uzoq yillar davomida tabiiy uranni qazib olish va eksport qilish bo'yicha jahon sanoatida o'z mavqeyini mustahkam ushlab turibdi.

 

 

 

"Navoiyuran" davlat korxonasi O‘zbekistondagi yagona uran qazib oluvchi korxona hisoblanib, unda 8400 dan ortiq xodim mehnat qiladi.  Uranni qazib olishning barcha jarayonlari zamonaviy avtomatlashtirish vositalari yordamida doimiy nazorat qilib boriladi.