Sayt sinov rejimida ishga tushirilgan. Joriy versiyaga o'tish.
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Burg‘ilash qurilmasi mashinisti (kelgusida zahiralash uchun)

Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni, Zarafshon shahri

79-507-58-84, 507-55-13

  • Bo`sh ish o`rinlari soni:  Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
  • Ma`lumoti: O‘rta maxsus
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji: Ish staji talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 7 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar:
    – burg‘ilash ishini;
    – burg‘ilash va quvvat jihozlari, burg‘ilash mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalar va burg‘ilash instrumentlarining konstruksiyalari, ishlash prinsiplari, ularni ishlatish texnik shartlarini;
    – burg‘ilash minoralari konstruksiyalarini;
    – burg‘ilanadigan tog‘ jingslari qattiqligiga bog‘liq holda burg‘ilash instrumentining moy sifatiga qo‘yilgan talablarni;
    – uskunaga ruxsat etilgan yuklamani;
    – burg‘ilash maydonida jihozlar maqbul (ratsional) joylashuv sxemasini;
    – burg‘ilash texnologik rejimlari va usullari, quduqlarni burg‘ilash va kengaytirish, shu jumladan katta diametrli quduqlarni ham;
    – gidroizolyasiya ishlarining mazmun va maqsadini;
    – odatdagi va murakkablashgan geotexnologik sharoitlarda quduqlar o‘tkazish texnologiyasini;
    – filtrlarning turlari va suvlik gorizontlarni gilsizlantirish usullarini; – yuvish suyuqligi retsepti va ularni tayyorlash texnologiyasini;
    – titrashga qarshi surkov moyi tarkibi va moylash materiallarini qo‘llashni;
    – jihozlar ishidagi texnik nosozliklar, quduqlardagi avariyalar sodir bo‘lish sabablari va ularning oldini olish va bartaraf qilish usullarini;
    – avariya instrumentlari, ularni qo‘llash shartlari va usullarini; – nazorat-o‘lchov apparatlari va asboblarining maqsadli vazifalari va tuzilishlari, ular bo‘yicha burg‘ilashning maqbul rejimini o‘rnatishni;
    – quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi va vositalarining vazifalarini;
    – burg‘ilash jihozlarini yig‘ish, qismlarga ajratish va mahkamlash qoidalari va usullarini; montaj qilish, yuklash-tushirish ishlarini olib borish va yuklarni tashish qoidalari va usullarini.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Smena asosida
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Skip to content