Sayt sinov rejimida ishga tushirilgan. Joriy versiyaga o'tish.
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

O‘ziyurar korotaj stansiyasi motoristi (Kelgusida zahiralash uchun)

Zarafshon shahri, Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘oni

79-507-58-84, 507-55-13

  • Bo`sh ish o`rinlari soni: Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
  • Ma`lumoti: O‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji: Ish staji talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 6 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar:
    – Quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazishda  kоrоtaj  stansiyasini boshqarish. Quduqqa asboblarni tushirish va ko‘tarish. Stansiyani quduqqa  olib borishni  tayyorlash. Harakatlanayotganda stansiyani boshqarish. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar uchun foydalaniladigan yuklash va asbob-uskunalar, ularni quduqlarga o‘rnatish va demontaj qilishda ishtirok etish. Stansiyani profilaktik tekshirish va ta’mirlash. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalangan holda geofizik qurilmalarni kalibrlashda ishtirok etish.
    – Bilishi kerak: quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabellari va quduq uskunalarini tushirish va ko‘tarish qoidalari; karotaj uskunalari va jihozlarini tashish qoidalari; korotaj stansiyalarini profilaktika qilish qoidalari va tartiblari; benzoelektr agregatlari va elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish qoidalari.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Grafik asosida
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Skip to content