Muhandis-geofizik (“Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM)
Manzil: Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni
Tel. raqam (79) 507-50-26, 507-50-60
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
- Ma`lumoti: Oliy maʼlumotli (sohaga oid)
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Okiy-kasbiy maʼlumot
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
– Quyidagilarni bilishi kerak : korxonaning geologik va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha yuqori organlarning qarorlari, buyruqlari, uslubiy, meʼyoriy va boshqa huquqiy hujjatlarni; qidiruv ishlarini loyihalashtirish, rejalashtirish, moliyalashtirish tartibi; hududni geologik o‘rganish darajasi va hudud (kon, uchastka) geologiyasini o‘z vaqtida tushunish; o‘rganilayotgan foydali qazilma turiga sanoat talablari; geofizik ishlar texnologiyasi va ularni amalga oshirish sifatiga qo‘yiladigan talablar; geofizik kuzatuvlar va o‘lchovlar usullari; qo‘llaniladigan geofizik uskunalar turlari, asboblar, jihozlar va ulardan texnik foydalanish qoidalari; geologik va geofizik hujjatlar to‘g‘risida hisobot berish qoidalari; buxgalteriya hisobi, geofizik uskunalar, asboblar, materiallarni saqlash va hisobdan chiqarish qoidalari va boshqalar; shlab chiqarish, mehnat va boshqaruv asoslari; iqtisodiy boshqaruvning asosiy tamoyillari; mehnat qonunchiligi va yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asoslari; radioaktiv moddalar bilan ishlash qoidalari; ichki mehnat qoidalari; mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik, sanoat sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalari.- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi