2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Jihozlar va materiallarni komplektlash boʼyicha muhandis (“Uran va noyob metallar geologiyasi” IIChM)

Manzil: Konimex tumani, “Zafarobod” qoʼrgʼonchasi

Tel. raqam: 79-507-50-26, 79-507-50-60

  • Bo`sh ish o`rinlari soni:  1
  • Ma`lumoti: Oliy
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji:  Talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maʼlumotli (sohaga oid)
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar: Quyidagilarni bilishi kerak : yuqori turuvchi organlarning, moddiy-texnika taʼminotiga tegishli qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, uslubiy, meʼyoriy va boshqa materiallarni; moddiy-texnik taʼminotini rejalashtirish, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlari, yonilgʼi va boshqa material resurslarning ishlab chiqarish zahiralarining meʼyorlarini ishlab chiqish uslublari va tartibini; ekspeditsiyada ishlarni (xizmatlar) bajarish texnologiyasi asoslarini; Oʼzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslarini; tovar-moddiy boyliklarni yetkazib berish boʼyicha shartnomalarni rasmiylashtirish tartibini; boʼlinmaning moddiy-texnik taʼminotini va ombor xoʼjaligini tashkil qilishni; uskunalar, ehtiyot qismlari, butlovchi qismlar, materiallar, yonilgʼi va boshqa TMB uchun buyurtmalar tuzish tartibini; ekspeditsiya ehtiyot qismlari, materiallar, yonilgʼi va boshqa TMB berish uchun limitlar oʼrnatish tartibini, olinadigan TMB texnik tavsiflarini;moddiy-texnik taʼminotining standartlari va shartlarini, mahsulot sifatini, isteʼmol etiladigan ehtiyot qismlari, materiallar va butlovchi qismlarning, shu jumladan jihozlar va instrumentlarning nomenklaturasini; buxgalteriya hisobi asoslarini; Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarini; TMB aylanishi toʼgʼrisidagi OʼzR qonunchiligini; «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy asoslari toʼgʼrisida» qonunini; hisob, taʼminot va ombor operatsiyalarini tashkil qilishni, moddiy-texnik taʼminot toʼgʼrisidagi hisobdorlikni tuzish tartibini; TMB saqlanishi va gʼaramlash qoidalari va tartibini; TMB inventarizatsiyasining tartibini; mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, iqtisodiy va axborot xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʼinga qarshi va fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va radiatsion xavfsizlikning qonunchilik hujjatlari, qoidalari va meʼyorlarini
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Category

Skip to content