2024-yil davomidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
13
.7 trln
so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi
125
.9 mln
dollar Investitsiya dasturi doirasida mablag‘ o‘zlashtirildi
4
.6 trln.
so‘m davlat budjetiga to‘lovlar
122
ta
yangi ish o‘rinlari
Kompaniya tarixi
"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022-yil yanvar oyida "Navoiy KMK" davlat korxonasini isloh qilish natijasida tashkil etilgan. "Navoiyuran" davlat korxonasini tashkil etishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Qizilqum mintaqasida tabiiy uran qazib olish va uran oksidini eksport qilishdir.
Markaziy Qizilqumda uran konlarini qazib olish 1958-yilda boshlangan. Uchquduq koni birinchi bo‘lib ochiq va yer osti usulida foydalanishga topshirilgan. Konni yanada rivojlantirish natijasida vodorodli qumtosh konlarida yer osti yuvish usuli joriy etildi. Shunday qilib, 1994-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi barcha uran yer ostida ishqorlash usuli bilan qazib olinmoqda.
Hozirgi vaqtda korxonada 21 ta uran konida tabiiy uran qazib olinmoqda. 2030-yilgacha ularning sonini yana 6 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro assotsiatsiyasi (IAEA[1]) a’zosi bo‘lgan "Navoiyuran" davlat korxonasi hozirda ORANO (Fransiya), “Cameco Corporation” (Kanada), “Korea Hydro & Nuclear Power Co., Ltd” (Koreya respublikasi), Konverdin (AQSh), Hindiston hukumatining “Atom energiyasi departamenti” kabi xalqaro hamkorlariga uranning chala oksidi-oksidi ko‘rinishidagi tabiiy uran mahsulotni eksport qilib kelmoqda.