Sayt sinov rejimida ishga tushirilgan. Joriy versiyaga o'tish.
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Plastmassa quvurlari va mahsulotlari ishlab chiqarish sexi

“Navoiyuran” davlat korxonasi ehtiyojlari uchun polietilen va polivinilxloriddan quvur mahsulotlari ishlab chiqarish

Ma’lumki, birinchi bo‘lib markaziy Qizilqum hududida uran konlarini  o‘zlashtirish 1958-yilda Uchquduq konida ochiq va yer ostidan qazib olish yo‘li bilan boshlangan. Keyinchalik sohaning yanada rivojlanishi natijasida, vodorodli qumtosh konlarida yer ostida ishqorlash usuli joriy etildi. Shunday qilib, 1994-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida barcha uran yer ostida ishqorlash usuli bilan qazib olina boshladi.

Albatta, uranni yer ostida ishqorlash usulida qazib olishning texnologik tizimi konlar ochish, eritma reaktivini ruda konlarga yetkazib berish va yer osti qatlamidan samarali eritmani tortib olish uchun mo‘ljallangan geotexnologik quduqlarni qurishni taqozo etardi. Dastlab, birinchi geotexnologik quduqlarda yer osti ishqorlash usuli bilan qazib olishda metall quvurlardan foydalanilgan. Ammo uran rudalari chuqurligining oshishi bilan arzonroq va kam mehnat talab qiladigan plastik  tuzilmalardan foydalanish zarurati tug‘ildi.Natijada 1996-yil “Nurobod” uchastkasining Sobirsoy geotexnologik koni bazasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 3000 tonna bo‘lgan polivinilxloriddan tayyorlangan turli karroziya va ishqorlanishlarga chidamli quvur mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida strategik qarori qabul qilindi. Yangi ishlab chiqarish sexi Germaniya, Italiya va Xitoyning yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlandi. Quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo polietilen va polivinilxlorid granulalari bo‘lib, ular mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib beriladi.Agarda sexning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2000-yilda yillik quvvati 468 tonna bo‘lgan  polietilen quvurlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik liniya ishga tushirildi. 2008-yilning dekabr oyida esa yillik quvvati 4200 tonna bo‘lgan 2-texnologik liniya o‘rnatildi.Hozirda plastmassa quvurlari va mahsulotlari ishlab chiqarish sexining ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 tonnagacha polietilen va 5000 tonnagacha PVXni tashkil etadi. Bu “Navoiyuran” davlat korxonasining barcha uran qazib olish bo‘linmalarining kelajakda rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ehtiyojini to‘liq ta’minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, PVX va PE mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015  bo‘yicha sertifikatlangan. 2018-yil 11-iyun kuni O`z DST ISO 50001:2015 talablarini tasdiqlovchi milliy sertifikatlashtirish tizimining UZ SMT 05.005.09926-sonli muvofiqlik sertifikatiga ham ega bo‘ldi va SGS menejment tizimini sertifikatlashtirish organi tomonidan Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.Ko'rinib turibdiki, butun tarix davomida bozor endigina rivojlangan. Masalan, sex jamoasi tomonidan o‘tgan 2023-yilda polivinilxlorid mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 109,6% ga, polietilen mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi 107,9 % ga bajarildi. 2024-yilda polivinilxlorid maxsulotlari ishlab chiqarishni o‘tgan 2023-yilga nisbatan 120 foizga, polietilen maxsulotlari ishlab chiqarish esa 107 foizga  o‘sishni ta’minlashni maqsad qilgan. 2024-yil birinchi yarim yillik  rejalari PVX quvurlari ishlab chiqarish bo‘yicha 103,5 foizga, polietilen quvurlari ishlab chiqarish bo‘yicha 111,1 foizga uddalandi.Sexda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, u aralashmaning formulasi va og‘ishlar ro‘yxatini boshqarish, belgilangan parametrlarni kuzatish va nazorat qilish, harorat ko‘rsatkichlarini sozlash, ekstruderning tortish mexanizmini va kesish arra tezligini doimiy ravishda sozlash imkonini beradi. Bunday jarayonlar avtomatik ravishda boshqariladi.Dastlabki davrga nisbatan ishlab chiqarish nomenklaturasi ikki barobar oshib, 27 xildagi Ø 63x6.5mmdan, to Ø195x38.0 mmgacha bo‘lgan o‘lchamlardagi PVX mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Oxirgi yilda Ø 75x7.0mm va  Ø 127x5.0mm kabi yangi o‘lchamlardagi quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish amaliyotga tatbiq etildi.Polietilen quvurlari liniyasida esa bugungi kunda 24 xildagi Ø 16x1,3mmdan, to Ø75x12,6 mmgacha bo‘lgan o‘lchamlardagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. So‘ngi yillarda yuqori debitli texnologik quduqlardan ishqorlangan aralashmani so‘rib oluvchi nasoslar uchun yangi tipdagi  Ø75x10.3mm o‘lchamli quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.PVX quvurlari import o‘rnini bosuvchi mahsulot bo‘lib, bugungi kunda asosan “Navoiyuran” davlat korxonasi “Nurobod” ishlab chiqarish maydonida keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda va mahsulotlarning asosiy buyurtmachisi va iste’molchisi “Navoiyuran” davlat korxonasining geotexnologik konlari bo‘lib, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari qabul qilingan standartlarga to‘liq mos keladi. 2020-yildan boshlab “Navoiyazot” AJ import o‘rnini bosuvchi polivinilxlorid xomashyosini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu esa sexda xomashyoni ham mahalliylashtirish imkonini berdi.Ayni paytda, “Navoiyuran” DK tomonidan 21 ta uran koni o‘zlashtirilgan bo‘lib, yana 4 ta konni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.Geotexnologik konlarda uran suyuq holatda qazib olinadi. Uranni ishlab chiqarish yer ostida amalga oshiriladi. Bu uranni texnologik haydovchi va so‘rib oluvchi tizimi orqali qazib olishdir.  Mazkur usul “qumloq” turdagi konlarda yuqori samara beradi. Ya’ni, yer osti quduqlarida oltingugurt eritmasi quyilib, ruda eritiladi. Qayta ishlash zavodida esa uran ion almashinadigan qatron, ya’ni sorbent yordamida ajratib olinadi. Uran cho‘kmasi filtrlash orqali quritiladi va sariq rangli kukun holatidagi jism - uran oksidi xaridorlarga shu taxlit yuboriladi. 

Sahifalar

Skip to content