Asosiy tarkibiy bo‘linmalar
Uran ishlab chiqarish zavodi
01
Bu O‘zbekistonda uran oksidi ishlab chiqaradigan va 1964-yildan buyon iste'molchilarga yetkazib berayotgan yagona zavod.
Uran oksidi "Navoiyuran" davlat korxonasining geotexnologik konlarida yer ostida ishqorlash yo‘li bilan qazib olinadigan unumdor eritmalarni qayta ishlash orqali ishlab chiqariladi. Uran oksidi ko‘rinishidagi tayyor mahsulotlarning sifati xalqaro standartlarga javob beradi va dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va ularni yetkazib berishning ishonchliligi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida korxonaga jahon uran bozoriga chiqish imkonini berdi va bugungi kunda u uran qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
2021-yildan boshlab zavod negizida uranni qayta tiklash uchun eritmalardan reniy olish ishlari boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati ayniqsa oshdi. Ishlab chiqarishning texnik va texnologik jihozlarini takomillashtirish, jadal modernizatsiya qilish korxonaga uran oksidi ishlab chiqarish mamlakat mustaqilligining dastlabki yillariga nisbatan 5 baravardan ko‘proq oshirishga imkon berdi.

"Zafarobod" kon boshqarmasi
02
"Navoiyuran" davlat korxonasining asosoiy bo‘linmasi bo‘lgan "Zafarobod" kon boshqarmasi 1971-yilda tashkil etilgan.
"Zafarobod" kon boshqarmasi Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida joylashgan bo‘lib, uning tarkibiga 1, 2, 3 va 4-geotexnologik konlari, ta'mirlash-mexanika sexi, Markaziy fizika-kimyo laboratoriyasi, elektr tarmoqlari va podstansiyalar sexi, 6-avtomobil bazasi, texnik nazorat xizmati kabi sex va bo‘linmalar kiradi.
Foydali qazilmalar Shimoliy Konimex, Janubiy Bukinay, Aulbek, Ko‘xnur, Jingeldi, Teriquduq, Sugrali va Janubiy Sugrali konlarida qazib olinadi. Bugungi kunda kon boshqarmasi zamonaviy sanoat korxonasi bo‘lib, u tog‘-kon sanoati majmualarini, barcha ishlab chiqarish ehtiyojlarini, rivojlangan infratuzilmani va ijtimoiy ob'ektlarni to‘liq qoplaydigan yordamchi ustaxonalarni o‘z ichiga oladi.
Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida kon boshqarmasi tomonidan bir qator ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar amalga oshirildi. Bu esa ikkinchi mahsulot - ammoniy perrenati (reniy) ishlab chiqarishni 4 barobardan ko‘proq oshirishga imkon berdi. Bundan tashqari, ammoniy perrenati bir vaqtning o‘zida asosiy ishlab chiqarishning texnologik eritmalaridan olinmoqda.

"Uchquduq" ishlab chiqarish maydoni
03
"Uchquduq" ishlab chiqarish maydoni Navoiy viloyatining shimoliy qismida joylashgan.
O‘zbekistonda uranni yer ostida ishqorlash usuli bilan birinchi qazib olish 1962-yilda boshlangan. Bugungi kunda qazib olish ishlari Uchquduq, Maylisoy va Kindik-tube konlarida amalga oshirilmoqda. Korxona tarkibiga "Uchquduq" geotexnologik koni va Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi kiradi. So‘nggi yillarda geotexnologik konida yangi uskunalar va texnologiyalarni modernizatsiya qilish va joriy etish natijasida geologiya-qidiruv va tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Natijada, mehnat jamoasi uran qazib olish bo‘yicha davlat rejasini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda ilmiy-texnik taraqqiyot, mahalliylashtirish va importni qisqartirish dasturlarini joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va davlat rejalarini bajarishda muhim rol o‘ynaydigan uran qazib olish va qayta ishlashning texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish va avtomatlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha texnik tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

"Nurobod" ishlab chiqarish maydoni
04
"Nurobod" ishlab chiqarish maydoni "Sobirsoy" geotexnologik konida uran qazib olish ishlari 1964-yilda yer ostida ishqorlash usuli bilan boshlangan.
2000-yildan boshlab rudalarni qazib olishning yangi texnologiyalari joriy etilishi hamda texnologik va yordamchi uskunalar modernizatsiya qilinishi natijasida "Sobirsoy" geotexnologik konining zaxiralari ortib, qo‘shimcha ravishda qazib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Masalan, mustaqillik yillarida 2, 3, 4, 5, 8, "Sobirsoy" konlari, shuningdek, Sharq, Ulus, Jarquduq, Agron, Nurbuloq va Ingichka konlari qayta ishga tushirildi. Hozirgi vaqtda ushbu maydonlarning balansdan tashqari zaxiralari ishga tushirilmoqda. "G‘arbiy Agron" va "Sharqiy Agron" konlarida tajriba-sinov ishlari olib borilmoqda.
Bo‘linmaning har bir xodimi strategik xom ashyo ishlab chiqarishni takomillashtirish va ko‘paytirish, uran sanoatida yuqori natijalarga erishishga ko‘maklashish va shu bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada mustahkamlash yo‘lida astoydil mehnat qilmoqdalar.