Sayt sinov rejimida ishga tushirilgan. Joriy versiyaga o'tish.
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Qazib olish

O‘zbekiston dunyodahi uran qazib olish bo‘yicha eng yaxshi 5 ta yetakchi kompaniyalar sirasiga kiradi

“Navoiyuran” DK O‘zbekiston Respublikasining Navoiy, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida uchta uran qazib oluvchi bo‘linma tomonidan 21 ta uran konida ish olib boradi.

Markaziy Qizilqum hududida tabiiy uranni qazib olish ishlari birinchi marotaba 1958-yilda Uchquduq konidan boshlangan. Dastlab kon qazish ishlari  ochiq kon usulida amalga oshirilib, keyinchalik sanoatning gidrogenli qumtosh konlarini yanada rivojlanishi natijasida yer ostida ishqorlash usuli  joriy etildi. 

Gidrogeologik sharoitlar xilma-xilligi va konlarda ishlab chiqarilayotgan rudalarning tarkibi korxonaga uranni eritib olish usullari va texnologiyasini tanlashda katta tajriba orttirishga imkon yaratdi. Ushbu omil kompaniyaga yillar davomida global tabiiy uran qazib olish va eksport qilish sanoatida o’z mavqeini mustahkam ushlab turishga imkon beradi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi O‘zbekistondagi yagona uran qazib oluvchi korxona hisoblanib, unda 9100 nafardan ortiq xodim mehnat qiladi.  Uranni qazib olishning barcha jarayonlari zamonaviy avtomatlashtirish vositalari yordamida doimiy nazorat qilib boriladi. 

Bu esa atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini, shuningdek ishlab chiqarish xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yuqori ko‘rsatkichlarni ta’minlaydi.

Sahifalar

Skip to content