Мuhandis-geolog (“Zafarobod” kon boshqarmasi)
Manzil: Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni
Tel. raqam: 79-507-58-84, 79507-55-13
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 3
- Ma`lumoti: Oliy ma’lumot (Geologiya yo‘nalishi)
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab etilmaydi, biroq ish staji imtiyoz beradi.
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Geologiya sohasi
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
- Мuhandis-geolog egallab turgan lavozimi bo‘yicha funksional majburiyatlari doirasida quyidagilarni bilishi lozim:
- Konlarning geologik tuzilishi va ularning o‘rganilish darajasini, xom-ashyo bazalarining joriy vaqtdagi holatini va uning rivojlanish istiqbollarini. Geologik, gidrogeologik, geofizik va topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qo‘llaniladigan asboblar va apparaturalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni. Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini va ularni hisobga olish shakllarini (harakatlanish jadvallari). Yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan konlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaldagi qonunlar va yo‘riqnomalarni. O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi asoslarini. Materiallar va hujjatlarni tuzish, hisobga olish, saqlash qoidalarini, hisobot, loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim qilish muddatlari va shaklini.Quduq tizimlari bilan yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan ma’dan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini. Yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun, yer kodeksi, yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalarini, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunini.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi