Transport uchastkasi, uchastka boshlig‘i (“Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM)
Manzil: Uchquduq tumani
Tel. raqam: 79-507-50-26, 79-507-50-60
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
- Ma`lumoti: Oliy maʼlumotli
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: 3 yil
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maʼlumotli, Transport sohasi
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
- “Uchastka boshlig‘i bilishi lozim:
- -O‘zbekiston Respublikasining, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi hukumatning farmoyishlari, qarorlari va buyruqlarini; avtomobil transportining harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlashga oid uslubiy ko‘rsatma va boshqa yo‘riqnomalarni; harakatlanuvchi tarkibning qurilmasi, texnik-iqtisodiy tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari, texnik va ekspluatatsion maʼlumotlari, avtotransport vositalari, tirkamalar, yuk ko‘taruvchi mashinalar va mexanizmlar, bosimli idishlar va boshqa asbob-uskunalar va qurilmalardan texnik foydalanish qoidalarini; ehtiyot qismlar, agregatlar ularning rusumlari, Gostlar, meʼyorlar va texnik foydalanish shartlarini belgilash; ishlab chiqarish texnologiyasi shina o‘rnatish va chilangarlik ishlarini tashkil etish; avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash texnologiyasini; transport vositalarining ishdan chiqish sabablari va ularni bartaraf etish usullari; avtotransport vositalarining texnik holatini nazorat qilishning diagnostika usullari;
- O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalari; O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida avtotransport vositalarining harakatlanishi bo‘yicha yo‘riqnomalar; avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalarini; ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom; yo‘l harakati qoidalari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimini; transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajriba; harakatlanuvchi tarkib va ekspluatatsiya materiallari bo‘yicha hisobotlarni yuritish tartibi”
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi