Milliy qadriyatlarimiz iftixori – “Milliy liboslar kuni”
“Milliy liboslar kuni” milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni hurmat qilish va yosh avlodga ulug‘ ajdodlarimiz merosini yetkazish kabi muhim maqsadlarga ham xizmat qilmoqda.
Shu boisdan, “Navoiyuran” DK boshqarmasining barcha bo‘lim va xizmatlarida hamda tarkibiy bo‘linmalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar ham ushbu tashabbusda faol ishtirok etishmoqda.
“Milliy liboslar kuni” – bu shunchaki tashabbus emas, balki millatimizning o‘ziga xosligini, milliy ruhini yuksaltirish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir”, – deydi korxona xotin-qizlari.








