Burg‘ilash qurilmasi mashinisti yordamchisi (“Nurobod” ishlab chiqarish maydoni) kelgusida zaxiralash uchun
Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani
Tel. raqam: 79-507-40-05
- Bo`sh ish o`rinlari soni: kelgusida zaxiralash uchun
- Ma`lumoti: O‘rta, о‘rta maxsus
- Bandlik shakli:
- Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 5 va undan yuqori razryadli malakaviy guvohnoma
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Quyidagilarni bilishi kerak :
- burg‘ilash ishini;
- burg‘ilash va kuch jihozi, burg‘ilash mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalar va burg‘ilash asbobi tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni ekspluatatsiya qilishning texnik shartlarini;
- burg‘ilash minoralari tuzilishini;
- kon jinslari qattiqligidan kelib chiqqan holda burg‘ilash asbobini zapravka qilish sifatiga qo‘yiladigan talablarni;
- qurilmada yo‘l qo‘yiladigan yuklamalarni;
- burg‘ilash maydonida jihozning maqbul joylashishi (o‘rnashishi) sxemalarini;
- katta diametrli quduqlarni qo‘shib hisoblaganda, quduqlarni burg‘ilab kirish, burg‘ilash va kengaytirish usullarini va texnologik tartibotlarini;
- gidroizolyatsiya ishlari maqsadi va ahamiyatini;
- oddiy va murakkab geologik sharoitlarda quduqlarni o‘tkazish (kovlab o‘tish) texnologiyasini;
- filtrlar turlarini va suvli gorizontlarni loylash usullarini;
- yuvish suyuqliklarini tayyorlash texnologiyasi va retsepturasini;
- titrashga qarshi surkov moylari va qo‘llaniladigan moylash materiallari tarkibini;
- jihoz ishida texnik buzilishlarning, quduqlarda avariyalarning vujudga kelish sabablarini va ularning oldini olish va bartaraf qilish usullarini;
- avariya asbobi, uni qo‘llash shartlari va usullarini
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi