Geolog (“Zafarobod” kon boshqarmasi)
Manzil Navoiy viloyati, Konimex tumani
Tel. raqam 79-507-58-84, 79-507-55-13
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 2
- Ma`lumoti: Oliy kasbiy (geolog) ma’lumot
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): oliy kasbiy (geolog) ma’lumot.
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Geolog egallab turgan lavozimi bo‘yicha funksional majburiyatlari doirasida quyidagilarni bilishi lozim: Konning geologik tuzilishi va uning o‘rganilganlik darajasini, kon xom ashyo bazasining joriy holatini va uni rivojlantirish imkoniyatlarini; Geologiya, gidrogeologiya, geofizika, topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qo‘llaniladigan asboblar va apparatura to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni;Geologik va geofizik xizmatlar ko‘rsatish paytida dala va kamera ishlarini olib borish metodikasini, kon-tayyorlash ishlarini; Kernni tanlab olish bilan bog‘liq hujjatlarni, qirqimni tuzish hamda quduqlarning pasportlarini rasmiylashtirishni; Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini hamda ularning hisobini yuritish shakllari (harakat jadvallari)ni; Konlardan yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish (YeOTEO‘) usulida foydalanishga doir amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalarni; Geologiya xizmati va burg‘ilash uchastkasi faoliyati masalalariga doir buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar va boshqa rahbarlik materiallarini; Yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘llaniladigan kon maydonlarini ochish va ishlov berish tizimlarini; Kon bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobini yuritish va hisobotni rasmiylashtirish tartibini
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi