Karotajchi (“Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM ) kelgusida zahiralash uchun
Manzil : Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni
Tel. raqam : 79-507-50-26, 507-50-60
- Bo`sh ish o`rinlari soni: Kelgusida zahiralash uchun
- Ma`lumoti: O‘rta maʼlumot
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi.
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 5 va undan yuqori razryad malakaviy guvohnoma
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Bilishi kerak bo‘lganlar: quduqlarni burg‘ilash va ularning konstruksiyalari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar; quduqlarda o‘tkaziladigan turli xildagi geofizik tadqiqotlarning mohiyati; karotaj va perforator apparaturalari, asbob-uskunalari va torpedolarining tuzilishi va ishlash prinsipi; qo‘llanilayotgan portlovchi materiallarning xillari va ular bilan muomila qilish qoidalari; otish apparatlari va torpedolarning aslaha-anjomlari va ularni zaryadlash tartibi hamda qoidalari; elektr taʼminoti manbaalari va ular bilan muomila qilish qoidalari; zondlar, qutblanmaydigan elektrodlar, zaminlash va kabel bo‘laklarini ulashni tayyorlash usullari; kavsharlash ishlari; quduqlardagi geofizik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan radioaktiv moddalarning vazifalari va ular bilan muomila qilish qoidalari; quduqlarda o‘tkaziladigan geofizik tadqiqotlardagi asbob-uskunalar va ishchi sxemalarni montaj va demontaj qilishni yuritish tartibi va qoidalari; simlar, kabellar, asbob-uskunalar va kabellarni profilaktik taʼmirlash va ishga yaroqliligini tekshirish tartib va qoidalari; birlamchi hujjatlarni yuritish, quduqlardagi o‘lchovlar natijalarini qayta ishlash usullari va tartibi; asbob-uskunalar va kabellarni, ular uzilgan vaqtda quduqdan chiqarib olish usullari.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi