Ishchilar xavfsizligiga e’tibor qaratildi
Joriy yilning 14-may kuni “Navoiyuran” DK favqulodda vaziyatlar xizmati hamda Konimex tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Zafarobod” kon boshqarmasi 1-son geotexnologik koni avtotransport uchastkasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir Navoiy viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 23-yanvardagi “Ishchi-xodimlarni va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
“Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat-zilzilalar natijasida sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni (binolarning shikastlanishi va yong‘inlar) bartaraf etish bo‘yicha ob’ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish Davlat quyi tizimining Konimex tumaniga tegishli xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi maxsus-taktik o‘quv mashqlari uchastka ishchi-xodimlari jalb etildi.
Yakunda “Navoiyuran” davlat korxonasi “Zafarobod” kon boshqarmasi 1-son geotexnologik konining fuqaro muhofazasi tuzilmalari ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga “Tayyor” deb baholandi.








