2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis (“Zafarobod” kon boshqarmasi)

Manzil Zarafshon shahri

Tel. raqam 79-507-58-84, 79-507-55-13

  • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
  • Ma`lumoti: Oliy ma’lumot
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji:  talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis” lavozimiga (toifasiz) ish staji talab qilinmagan holda, oliy kasbiy (texnik) ma’lumoti bo‘lgan diplomli mutaxassis tayinlanadi.
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar: Muhandis quyidagilarni bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 06 iyunda 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”ni Nizom; Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”; Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-sonli qaroriga 5-ilova “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; 0‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risidagi” qonuni; Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun; Kon boshqarmasidagi amaldagi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi , sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va atrof muhit muhofazasi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar; Texnologiya asoslari va ishlab chiqarish va mehnatni tashkillashtirish; kon boshqarmasi tuzilmasi; ish yuritish, korxona standartlari; Korxonada amal qiladigan ichki mehnat tartiboti qoidalari, me’yoriylik dalolatnomalari, nizomlar; Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi qoidalari va me’yorlari; Quduq tizimli yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli bilan ma’danli konlami qazishda xavfsizlik qoidalari. Iste’molchi elektruskunalarni texnik ishlatish qoidalari va ularni ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Category

Skip to content