Teplovoz mashinisti yordamchisi (Temir yo’l sexi Uchquduq maydoni) 79-507-61-28
Manzil Uchquduq tumani
Tel. raqam 79-507-61-28
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
- Ma`lumoti: o‘rta maxsus ma’lumot
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): TY sohasiga oid diplom
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Teplovozga texnik xizmat ko‘rsatish. Teplovoz dizeli, elektr jihozlari, tormoz tizimi, ta’minlash va moylash tizimi, signal priborlari va yurituvchi qismlarni soz holda saqlash. Nazorat-o‘lchov priborlarining ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borish. Teplovozning vagonlar bilan ishonchli ulanishini ta’minlash. Mexanizmlarning ishqalanuvchi qismlarini moylash. Teplovoz dizeli, yonilg‘i baklari, sovutish tizimi va qum idishlarini ta’minlash. Yong‘inga qarshi vositalar va yong‘in signalizatsiyasining holatini tekshirish. Teplovozni rejaviy-oldindan ta’mirlashda va rejadan tashqari ta’mirlashda ishtirok etish. Mashinaning qarovi bo‘yicha, uning uzel va agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish, o‘z-o‘zidan yurib ketmasligi uchun mahkamlab qo‘yish bo‘yicha mashinistning topshiriqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarish, shuningdek ro‘paradan kelayotgan poyezdlarning o‘tib ketishini kuzatish. Svetoforning taqiqlovchi signaliga borayotganda mashinistga signal ko‘rsatuvi haqida, tormoz magistralidagi bosim haqida xabar berish. Mashinist tomonidan mashinani to‘xtatish bo‘yicha harakatlar bo‘lmaganda taqiqlovchi signaldan o‘tib ketishning oldini olish choralarini ko‘rish. Mashinist to‘satdan mashinani boshqarish qobiliyatini yo‘qotsa – mashinani to‘xtatish, o‘z-o‘zidan yurib ketmasligi uchun uni belgilangan tartibda mahkamlab qo‘yish, bu haqda radioaloqa orqali yaqindagi poyezdlar mashinistlariga, stansiya navbatchisiga xabar berish.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi