2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori (“Nurobod” ishlab chiqarish maydoni) (Kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun) 79-507-40-40

Manzil Nurobod tumani

Tel. raqam 79-507-40-40

  • Bo`sh ish o`rinlari soni:  Kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun
  • Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot
  • Bandlik shakli: 
  • Talab etiladigan ish staji: Talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori kasbi bo‘yicha kamida 5-razryadli malaka kasb guvohnomasi
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar:
  • Foydali qazilmalarni geofizik sinov operatori kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limidan o‘tishi, korxonaning o‘quv markazi yoki bo‘linmalaridan tegishli malaka hujjatiga, haydovchilik va traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlar tavsifi: Quduqlarni induksion karotaj, yadroli gammakarotaj, beixtiyor polyarizatsiyasi karotaji, tokli karotaj, inklinometriya, termometriya, kavernometriya va rezistivimetriya usullari bilan quduqlarni tekshirish. Magnitometriyani o‘tkazish. Kon kovlash joylarini yadroli va rentgenoradiometrik usullari bilan sinash. Kukunli va yirik maydalangan namunalarni o‘lchash. Apparaturani darajalash uchun etalonli poligonni tayyorlash. Xizmat ko‘rsatilayotgan apparaturaning ishlashida paydo bo‘layotgan nosozliklarni bartaraf etish bilan mexanik qismlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va malakasi yuqori bo‘lgan operator boshchiligida boshqa ishlarni bajarish. Ma’danlar tarkibida metallni aniqlamasdan sinash.Xizmat ko‘rsatilayotgan apparaturasini ishga tayyorlash: analizatorlar yoki spektrometrlar yordamida ikkilamchi spektrlarni o‘lchash, spektrlarni grafik tuzish, tanlangan ish tartiblarini belgilash, yadro-geofizik apparaturasining ishlash barqarorligini tekshirish. Sun’iy aralashmalar va ma’dan modellarini tayyorlash. O‘lchash nuqtasi datchigini o‘rnatish. Shtangalar va chig‘irlar yordamida quduqlar zaboyiga quduq snaryadlarini uzatish va ularni chiqarish. Texnikaviy hujjatlarni yuritish. Oddiy hisob-kitoblarni bajarish.
  • Quyidagilarni bilishi shart: yadroli-geofizik apparaturasini qo‘llash bilan turli xil usullarda ma’danlarni sinash qoidalari va tartibini; radioaktiv nurlanish spektrlari va spektrometrik usullar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni; spektrlarni tuzish qoidalarini; yadro-geofizik usullarining fizikaviy asoslarini; qo‘llanilayotgan yadro-geofizik apparaturasining ishlash prinsipi va qoidalarini; ishlatilayotgan nurlanish manbalarining turlari va ularni ishlatish qoidalarini; konchilik ishlarini olib borish asoslarini; kon qazish joylarining joylashuvi va vazifasini; tog‘ jinslarining ta’riflanishini; sun’iy aralashmalarni tayyorlash qoidalarini; elektrotexnika asoslarini.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Ish jadvaliga muofiq
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Category

Skip to content