2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Quduqlarni kovlash va xizmat ko‘rsatish elektrchilangari (“Nurobod” ishlab chiqarish maydoni) 79-507-40-40

Manzil Nurobod tumani

Tel. raqam 79-507-40-40

  • Bo`sh ish o`rinlari soni:  1
  • Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji:  Talab etilmaydi.
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Quduqlarni kovlash va xizmat ko‘rsatish elektrchilangari kasbi bo‘yicha kamida 5-razryadli malaka kasb guvohnomasi
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar:  Quduqlarni kovlash va xizmat ko‘rsatish elektrchilangari kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limidan o‘tishi, korxonaning o‘quv markazi yoki bo‘linmalaridan tegishli malaka hujjatiga ega bo‘lishi kerak.                            
  • Bilishi kerak bo‘lganlar: elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika asoslari; xizmat ko‘rsatayotgan asbob-uskunalari, elektr va telemexanika apparaturalarining tuzilishi, konstruktiv o‘ziga xosliklari va ishlash prinsipi; buzilish va avariyalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar; o‘ta murakkab qism va uzellarni tiklash usullari; ta’mirlash hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va ularni tuzishga bo‘lgan talablar va standartlar; xizmat ko‘rsatayotgan asbob-uskunalarni ta’mirlash, sinash va foydalanishga topshirishning texnik shartlari; elektr mashinalari, apparatlar, kuch kabellari va havo liniyalari, boshqarish, signalizatsiya va aloqa zanjirlarini tekshirish va sinash usullari; kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarini ulash va uzish qoidalari; quvvat koeffitsientini oshiruvchi moslamalarning konstruktiv ijrolari; simlar va kabellarning kesimini hisoblash va tanlash; maksimal tok relesi o‘rnatma qiymatini va saqlagichlarning eruvchan kirgizmalarini tanlash va tekshirish; payvandli birikmalarning xillari, ularni qo‘llash joylari; uchlariga quruq ishlov berilgan zirxlangan kabellarni montaj qilish, himoyalovchi zaminlash moslamalar bo‘yicha konstruksiya va qoidalar kabellar va elektrotexnik materiallarning tasnifi; elektr qurilmalarida qo‘llanilayotgan himoya vositalarini tekshirish va sinash qoidalari; III-IV malaka guruhi hajmidagi texnika xavfsizligi qoidalari.        
  •     Ishlari tavsifi: O‘ta murakkab burg‘ilash va texnologik qurilmalarni, elektr mashina va agregatlarni ta’mirlash, sozlash, sinash, montaj, demontaj qilish. Burg‘ilash va texnologik ishlarda qo‘llaniladigan ichki yonish motorlarini ta’mirlash, uning alohida uzellarini rostlash va sinash. Burg‘ilash va quduqlardan foydalanishda qo‘llaniladigan o‘ta murakkab asbob-uskunalar va instrumentlarni ta’mirlash, montaj qilish, rostlash va sinash. Elektr asbob-uskunalar, elektr apparaturalar, elektr kuch zanjirlari ishlaridagi va boshqarishdagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.  Elektron (yarim o‘tkazgich) texnikalari, pnevmoavtomatika, pnevmonika, radioelektronika, telemexanika va energiya ta’minlash, energetik, kompressor va nasos qurilmalarini avtomatlashtirish va masofadan boshqarish tizimlaridagi izotop asboblari elementlarini ta’mirlash, rostlash, montaj va demontaj qilish, shunday murakkablikdagi nazorat-o‘lchov asboblarini almashtirish. Fider avtomatlari, magnitli ishga tushirgichlar, yuqori kuchlanishli taqsimlash moslamalarini himoyalovchi apparatlarning ishlab ketish vaqtini tekshirish. Elektr mashinalarining rotorlarini va asbob-uskunalarning boshqa aylanadigan qism va uzellarini statik muvozanatlash.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi:  Ish jadvaliga muofiq
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Category

Skip to content