2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Geotexnologik quduqlar operatori (“Nurobod” ishlab chiqarish maydoni) 79-507-40-40

Manzil Nurobod tumani

Tel. raqam 79-507-40-40

  • Bo`sh ish o`rinlari soni:  2
  • Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot
  • Bandlik shakli: Doimiy
  • Talab etiladigan ish staji:  talab etilmaydi
  • Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
  • Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Geotexnologik quduqlar operatori kasbi bo‘yicha kamida 5-razryadli malaka kasb guvohnomasi
  • Lavozimga qo`yiladigan talablar: Geotexnologik quduqlar operatori kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limidan o‘tishi, korxonaning o‘quv markazi yoki bo‘linmalaridan tegishli malaka hujjatiga ega bo‘lishi kerak. Ishlar tavsifi: Sath o‘lchagich yordamida yer osti suv sathini o‘lchash. Ishqorli sarf o‘lchagich yordamida va hajmli usul bilan quduqlar debitini o‘lchash. Quduq chuqurligini o‘lchash. Namunalar olish. Sorbsiya jarayonini olib borish. Qattiq liniyalar va egiluvchan shlanglarni yig‘ish va ajratish, ko‘chma kompressorlar yordamida quduqlarni o‘zlashtirishda ishtirok etish. Kimyoviy reaktivlarni omborga qabul qilish. Apparatura va uskunalarni ta’mirlashda ishtirok etish. Murakkabligi uxshash boshqa ishlarni va malakasi yuqoriroq operator boshchiligida ishlarni bajarish. Ishqorlovchi reagentlarni ishlatish uchun olish va tayyorlash. Uskunalarni ishga tayyorlash va gazsimon oksidlagichlarni berish. Qattiq liniyalar va egiluvchan shlanglarni yig‘ish va ajratish. Bloklar va quduqlar bo‘yicha eritmalar berilishini boshqarish. Haydalayotgan eritmalar sathi va hajmini o‘lchash. Quduqlar filtrini qumdan tzalash. Ko‘chma kompressorlar va siqilgan havo statsionar quvurlari yordamida quduqlarni o‘zlashtirish. Ko‘chma kompressorlarga har smenalik texnikaviy xizmat ko‘rsatish, ularni qo‘shish va to‘xtatish, ularning ishini kuzatish. Quduqlarni likvidatsion tamponaj qilish. Cho‘ktirma elektr nasoslarga xizmat ko‘rsatish. Hisob-kitobga muvofiq bloklar bo‘yicha havo sarflanishini rostlash. Bloklar va quduqlar bo‘yicha kislotalikni rostlash. Asboblar ko‘rsatkichlarini kuzatish. Murakkabligi uxshash boshqa ishlarni va malakasi yuqoriroq operator boshchiligida ishlarni bajarish. Quduqlar bo‘yicha debitni rostlash. Eritmalardagi ishqorlovchi reagentlar konsentratsiyasini aniqlash va rostlash. Hujjatlarni yuritish. Apparatura va uskunalar ishida joriy xususiyatli nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish. Quyidagilarni bilishi kerak: haydovchi va tortuvchi quduqlar konstruksiyasi va ishlash prinsipini; yer ostida ishqorlatib eritmaga o‘tkazish va yer osti suvlari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni; qo‘llanilayotgan reagentlar vazifasi va ishchi eritmalar xossalarini; suyuq va qattiq namunalarni olish tartibi va usullarni; kimyoviy reaktivlar bilan ishlash qoidalarini, qo‘llanilayotgan uskunalarning ishlash prinsipini; ishqorlovchi reagentlarni ortish, tushirish va saqlash qoidalarini; gazsimon oksidlagichlar ta’sirini; rostlovchi havo klapanlarining tuzilishi, ishlash prinsipi va xizmat ko‘rsatish qoidalarini; hujjatlarni yuritish tartibini, quduqlar bo‘yicha debitni rostlash usullari va tartibini; karotajning asosiy turlarini; xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalar tuzilishini; nazorat-o‘lchash asboblarning ishlash prinsipi va tuzilishini.
  • Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
  • Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
  • Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

Sahifalar

Category

Skip to content