2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

INSONPARVARLIK VA IJTIMOIY MASʼULIYAT NAMUNASI

“Navoiyuran” DK rahbariyati tomonidan nogironligi bor va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan  qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Konimex tumani hududiy boʻlinmasi aʼzolarining tashabbuslari va takliflari inobatga olinib, bugun, 31-may kuni korxona homiyligida Samarqand shahriga turistik sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohatda 28 nafar Koʻzi ojizlar jamiyati va 22 nafar Nogironlar jamiyati aʼzolari boʻlgan konimexlik bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Sayohat davomida mehmonlar Hazrati Xizr masjidi, Registon maydoni kabi tarixiy hamda “Boqiy shahar” kabi zamonaviy sayyohlik obyektlarida boʻlishdi.

Shuningdek, ziyoratchilar uchun tushlik tashkil etildi.

Sahifalar

Category