O’ziyurar karotaj stansiyasi motoristi (“Nurobod” ishlab chiqarish maydoni) Kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun 79-507-40-40
Manzil Nurobod tumani
Tel. raqam 79-507-40-40
- Bo`sh ish o`rinlari soni: Kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun
- Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot
- Bandlik shakli:
- Talab etiladigan ish staji: talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): O’ziyurar karotaj stansiyasi motoristi kasbi bo‘yicha kamida 5-razryadli malaka kasb guvohnomasi
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
- O’ziyurar karotaj stansiyasi motoristi kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limidan o‘tishi, korxonaning o‘quv markazi yoki bo‘linmalaridan tegishli malaka hujjatiga, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlar tavsifi: Avtomat bo‘lmagan apparaturalar bilan quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazganda, o‘ziyurar karotaj va perforatsiya stansiyalarini boshqarish. Stansiyani quduqqa chiqishga tayyorlash. Ko‘chish vaqtlarida stansiyani boshqarish. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazishda qo‘llaniladigan apparaturalar va asbob-uskunalarni ortish va tushirishda, ularni quduqqa montaj va demontaj qilishda qatnashish. Stansiyalarni profilaktik ko‘rib chiqish va ta’mirlash. Apparaturalarni rostlash. Geofizik apparaturalarni ion hosil qiluvchi nurlanish manbaalaridan foydalangan holda darajalashda ishtirok etish.
- Quyidagilarni bilishi shart: quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazishning tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabeli va quduq apparaturalarini tushirish va ko‘tarish qoidalari; karotaj-perforatsiya asbob-uskunalari va otuvchi apparaturalarni, karotaj, quduq atrofi va quduqlar oralig‘ida tadqiqotlar o‘tkazish uchun asbob-uskunalar va apparaturalarni transportda tashish qoidalari; karotaj, perforatsiya va seysmokarotaj stansiyalarini profilaktik ta’mirlash tartibi va qoidalari; ion hosil qiluvchi nurlanishlar manbaalari bilan ishlash qoidalari; benzoelektrik agregatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va foydalanish qoidalari.
- LSK-10, NO18-UCh, NO17, NO28 va shularga o‘xshash avtomat apparaturalar bilan quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazganda, o‘ziyurar karotaj va perforatsiya stansiyalarini boshqarish.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi