Transport xizmati muhandisi (“Uran va noyob metallar geologiyasi” IIChM) 79-507-50-60
Manzil Navoiy shahri
Tel. raqam 79-507-50-60
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
- Ma`lumoti: Oliy
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy kasbiy (transport yo‘nalishi bo‘yicha)
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
- Quyidagilarni bilishi kerak : Ishlarni bajarishga taaluqli bo‘lgan Nizomlar, qarorlar, buyruqlar, yo‘riqnomalar, standartlar, GOST (DST) larni, transport bo‘limida ishlarni bajarishga taalluqli metodik, normativ va boshqa rahbariy materiallarni; ish yuritishni. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida” gi Qonunini.O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonunini. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” gi Qonunini.
- Yo‘l harakati qoidalarini. Transport va yuklash-tushirish vositalarining konstruksiyasi (tuzilishi), texnik tavsiflarini, ulardan foydalanish qoidalarini, yuk ortish va tushirish ishlarini bajarish texnologiyasini. Avtotransport va mexanizmlar ko‘chma sostavining tuzilishi, vazifasi, konstruktiv xususiyatlarini, ulardan texnik-foydalanish ma’lumotlarini.“Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yo‘l varaqalari, tovar-transport nakladnoylarini tayyorlash, qayd qilish, to‘ldirish va qayta ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma” ni. Avtotransport vositalari yo‘l varaqasini qayd qilish va to‘ldirish va ko‘chma sostav xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ish vaqtini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” ni. Transport xizmatining texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbollarini; Hisobotlarni va materiallar va ehtiyot qismlar uchun talabnomalarni, raportlar, dalolatnomalar, xatlar, qabul qilish-topshirish hujjatlari, xarajatlar smetalari, nuqson dalolatnomalari va hokazolarni rasmiylashtirish va tuzish tartibi va shakllarini. Ombor xo‘jaligini tashkillashtirishni, ehtiyot qismlar va materiallardan foydalanish bo‘yicha hisobga olishni tashkillashtirishni, ishonib topshirilgan tovar-moddiy boyliklarni qayd qilish, saqlash, berish va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha normativ materiallarni. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi, sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha;
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi