Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi tomonidan Londonda bir qator xalqaro moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xizmat safari bilan London shahrida bo‘ldi.
Tashrif davomida “SRK Consulting”, “Sustainable Fitch”, “Finasia Capital” va London fond birjasi hamda boshqa xalqaro moliyaviy institut hamda banklar rahbarlari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda davlat ishtirokidagi tog‘-kon sanoati korxonalarini transformatsiya qilish ishlari doirasida resurslarni xalqaro standartlar asosida baholash, ESG reytinglarini olish va yevroobligatsiyalarni chiqarish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.