KORXONA RESPUBLIKA SANOAT YARMARKASIDA ISHTIROK ETMOQDA
Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida sanoat sohasini rivojlantirish, mamlakatimizning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Joriy yilning 10-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yarmarka ishtirokchilarga mahsulotlar bilan yaqindan tanishish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni rejalashtirish uchun o‘ziga xos savdo maydonchasi hisoblanadi.
Mazkur yarmakada “Navoiyuran” davlat korxonasi ham o‘z pavilioni bilan ishtirok etmoqda. Korxona tomonidan 3 kun davomida jami 500 mlrd so‘mlik yuzdan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Ushbu tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tovarlar yetkazib berish va xarid qilish borasida yangi aloqalar o‘rnatish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.