2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

KORXONADA YANGI IXTIRO PATENTLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-sonli Qarori ijrosiga asosan korxonada intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2025-yil boshidan hozirgi kunga qadar korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DMga uran ishlab chiqarish mavzulariga oid 13 ta ixtiro patenti berish to‘g‘risidagi talabnoma topshirilgan.

Shunga muvofiq, “Atrof-muhitni muhofaza qilish va sanoat ekologiyasi sohasida va turli texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan chiqindi gazlarni utilizatsiya qilish” mavzusida joriy yil bo‘yicha dastlabki ixtiro patentini oldi.

Mazkur ixtiro ishlab chiqarish jarayonini xavfsizroq qiladi, iqtisodiy jihatdan samaralidir hamda atrof-muhitga kamroq ta’sir ko‘rsatadi.

Uran ishlab chiqarish jarayonida ixtiro va innovatsiyalar texnik taraqqiyot vositasi bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik va strategik xavfsizlikni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy innovatsion yondashuvlar uran sanoatining uzoq muddatli rivojlanishiga mustahkam poydevor yaratadi.

Sahifalar

Category

Skip to content