X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Kuzatuv kengashi qo‘mitalari

Kuzatuv kengashi huzuridagi qo‘mitalar

Korporativ boshqaruv standartlari va eng yaxshi amaliyotlariga muvofiq, Kuzatuv Kengashidagi qo‘mitalar korxonaning samarali ishlashini ta’minlash va uning faoliyatini nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir qo‘mita Kuzatuv kengashi a’zolarini batafsil ko‘rib chiqish va jalb qilishni talab qiladigan asosiy sohalarga ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu sohaga oid masalalarni yanada chuqurroq va samarali ko‘rib chiqishga imkon beradi.

Shu maqsadda Kuzatuv Kengashi huzurida 4 ta qo‘mita tashkil etildi:

  • Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi;
  • Tayinlov va rag’batlantish qo‘mitasi;
  • Korruptsiyaga qarshi kurash va etika qo’mitasi;
  • Audit va risk qo‘mitasi.

Har bir qo‘mita o‘z vakolati doirasida kelajakda Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlanishi uchun taqdim etiladigan masalalarni oldindan ko‘rib chiqadi. Ushbu yondashuv ularga kamchiliklarni oldindan aniqlash va Kuzatuv kengashi yig‘ilishidan oldin ularni bartaraf qilish imkonini beradi, shu bilan ularning faoliyati samaradorligini oshiradi va vaqt resurslarini optimallashtiradi.

Qo‘mitalarning vazifa va funksiyalari

Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi

Kuzatuv kengashiga korxona faoliyatining strategik va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, korxonaning xaridlari va investitsiya faoliyatini nazorat qilish, istiqbolli investitsiya loyihalarining samaradorligini va ularning korxona (biznes) qiymatini oshirishga ta’sirini baholash masalalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, tahlil qilgan holda taqdim etish maqsadida tuzilgan

Tayinlov va rag’batlantish qo‘mitasi

Korxonaning kadrlar, ularning tashkiliy rivojlanishi va rag‘batlantirish sohasidagi olib borayotgan siyosatining shakllanishi, nazorati, muvofiqlashtiruvi va kelishuvini amalga oshirish maqsadida tuzilgan

Korruptsiyaga qarshi kurash va etika qo’mitasi

Korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkil etilishi, odob-axloq va etika qoidalarini joriy etilganligi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida tuzilgan

Audit va risk qo‘mitasi

korxonaning korporativ boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish va ichki nazorat amaliyoti sohasida tizimli nazoratni ta’minlashda Kuzatuv kengashiga yordam berish maqsadida tuzilgan

Sahifalar

Skip to content