2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” — xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

“Navoiyuran” davlat korxonasi Xitoy Xalq Respublikasining China National Uranium Corporation Limited (CNUC) hamda China Nuclear Energy Industry Corporation kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Bu hamkorlik — tabiiy uran mahsulotining eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro bozordagi ishonch va nufuzni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2024-yil 23-yanvar kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Tabiiy uran ishlab chiqarish sanoati — 2023” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda China National Uranium Corporation Limited o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Kelishuvga muvofiq ushbu kompaniya tomonidan noan’anaviy turdagi uran maydonlarida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda va maydonlarni o‘zlashtirish istiqbollari ishlab chiqildi.

Bu hamkorlik nafaqat uran sanoatidagi yangi imkoniyatlarni ochib beradi, balki “Navoiyuran” DKning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Sahifalar

Category

Skip to content