2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Jongeldi” konida uran qazib olishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

2025-yil 10-mart kuni Fransiyaning Parij shahrida Orano Mining (Fransiya), ITOCHU Corporation (Yaponiya) va “Navoiyuran” davlat korxonasi (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim imzolandi. Bitim Navoiy viloyatining Tomdi tumanida, joylashgan “Jongeldi” konida uran ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqa qo‘shma loyihalar doirasida geologiya qidiruv ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.

Ushbu bitim tomonlarga o‘z resurslari va tajribalarini birlashtirgan holda loyiha uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Bitimga ko‘ra, “Jongeldi” konini ӯzlashtirishning birinchi bosqichida dastlabki hisob-kitoblarga asosan, loyiha uchun dastlabki kapital investitsiyalar taxminan 100 million dollarini tashkil etadi. Konining butun faoliyati davomida esa jami kapital investitsiyalar hajmi 200 million dollardan oshishi kutilmoqda. Uran ishlab chiqarish hajmi yiliga o‘rtacha 500 tonnani, eng yuqori cho‘qqida esa yiliga 700 tonnagacha yetadi. Kapital investitsiyalarni yo‘naltirish davri uch yilni tashkil etadi.

Bitim shartlariga muvofiq, “Jongeldi” loyihasining asosiy sarmoyadorlari xorijiy kompaniyalar hisoblanadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va loyihani “Navoiyuran” davlat korxonasining mavjud sanoat infratuzilmasiga integratsiya qilish maqsadida “Navoiyuran” DK loyihaning operatsion boshqaruvchisi etib tayinlandi.

Bundan tashqari, ushbu bitim jahon uran sanoatidagi uchta yirik kompaniya o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishini anglatadi. Moliyaviy investitsiyalarga qo‘shimcha ravishda, bitim quyidagi muhim sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi:

  • Geologiya qidiruv va uran qazib olishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.
  • Geologiya qidiruv va uran qazib olish bo‘yicha bilim va ilg‘or tajribalar almashinuvini joriy etish.
  • Operatsion samaradorlikni oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini, ESG tamoyillarini va boshqa xalqaro standartlarni tatbiq etish.

Ma’lumot uchun:

  • Fransiyaning Orano kompaniyasi – yadroviy materiallar sohasida yetakchi xalqaro kompaniya bo‘lib, uran qazib olish, qayta ishlash va yadroviy yoqilg‘i sikli bo‘yicha yuqori qiymatli yechimlarni taklif etadi. Xavfsizlik, innovatsiya va barqaror rivojlanishga sodiqlikni o‘z oldiga maqsad qilgan Orano guruhi yadroviy energiyaning kelajagini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Orano guruhining 17 500 xodimi muntazam o‘z malakasi, xavfsizlikka bo‘lgan chuqur e’tibori va innovatsiyaga intilishi bilan yadroviy materiallarni o‘zgartirish va nazorat qilish bo‘yicha bilimlarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Bu – iqlim, sog‘liq va resurslarni tejash uchun, bugun va ertangi jahon manfaati yo‘lida qilinmoqda.
  • Yaponiyaning ITOCHU korporatsiyasi – dunyodagi yetakchi savdo va investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, metall, minerallar, energiya va sanoat sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya jahon bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishni davom ettirmoqda.

Sahifalar

Category

Skip to content