2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Ta’mirlash-mexanika sexi uskunalarini modernizatsiya qilish ishlari yangi bosqichda

“Zafarobod” kon boshqarmasiga qarashli Ta’mirlash-mexanika sexida uskuna va jihozlarni modernizatsiyalash, uchastkalar xizmatini kengaytirish hamda sex hududida qurilish va obodonlashtirish ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.

Buning natijasida polietilenni qayta ishlash, geotexnologik quduqlar uchun zarur bo‘lgan moslamalarni tayyorlash, turli tipdagi nasos qurilmalarini ta’mirlash, ko‘chma kompressor qurilmalariga servis xizmatlari ko‘rsatish, asinxron elektrdvigatellarni ta’mirlash, katta gabaritli sig‘imlarni ta’mirlash va tayyorlash, sovutish jihozlarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, burg‘ilash uskuna va jihozlarini ta’mirlash sifat va son jihatidan ancha yaxshilandi.

Jumladan, 2025-yil boshidan 2 dona cho‘lg‘am o‘rash mashinalari, 1 donadan 200 gradusgacha qizdirish pechi, ZSUDJ-50kVa/20kv markali elektr dvigatellar uchun stend, ZSDJ-U markali qayta ta’mirlangan elektr dvigatellarni sinovdan o‘tkazish stendi, H30UBQ11y-32×3200 markali elektr dvigatellarning rotor qismini balanslash stendi, TSJA 500kVt markali induktiv kuchlanish regulyatori, Z 30/100 markali gidravlik parmalash dastgohi, V 5050 markali vertikal siliqlovchi dastgoh, NA 4136 markali bolg‘alovchi dastgoh, KK-10-16/H11.5 A5 markali chorpoya krani, Q11y-32×3200 markali Gilotina dastgohi, U 41-100t markali tonnalik press dastgohi, JQ25-160t markali Prosechka chiqaradigan dastgoh bilan jihozlandi.

Bugungi kunda 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan mazkur sexda 2024-yil yakuni bilan 535 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan. Joriy yilda mahsulotlar turlari va hajmini 20 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 2025-yil I-choragida 12 mlrd. 380 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, prognoz 101,5 foizga bajarildi va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 141,2 foizni tashkil etdi.

Sexda texnologik jihozlarni ta’mirlash, ehtiyot qismlar va metall konstruksiyalar tayyorlash, ta’mirlash-montaj ishlari amalga oshirilib, “Navoiyuran” DKning bo‘linmalari ishini yengillatishda o’z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Pirovardida, sexda xizmat ko‘rsatish sifati ham ancha yaxshilanib, ishchi-xodimlar uchun yanada ko‘proq shart-sharoitlar yaratildi. Kelgusida mazkur sexda ishlar hajmini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulot turlarini ko‘paytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sahifalar

Category

Skip to content