Uran konlarining 3dmodellashtirishni rivojlantirish yo‘lida
“Navoiyuran” davlat korxonasi va Micromine kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Janubiy Bukinoy koni bo‘yicha pilot loyiha natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Micromine kompaniyasi vakillari maxsus dasturiy ta’minot yordamida amalga oshirilgan zaxiralar hisob-kitobini namoyish etishdi. Model geostatistik usullar hamda zamonaviy 3D-modellash vositalari asosida yaratildi.
Uchrashuv davomida “Navoiyuran” DK mutaxassislari geologik modellash va resurslar bazasini boshqarishda samaradorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot funksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablarni muhokama qilishdi va shakllantirishdi.
Texnologik sohadagi yetakchi hamkorlar bilan hamkorlik korxona zaxiralarini hisobga olish va modellashtirishda aniqlik hamda shaffoflikni oshirish, shuningdek geologiya-qidiruv jarayonlariga ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish imkonini beradi.



