2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasining Jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

“Navoiyuran” davlat korxonasida mehnat jamoalari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi tahlil qilinib, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan yangi shartnoma loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiyada korxona rahbariyati, mehnat jamoasi vakillari, NKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari O.Temirov, 6-son Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Temirov, shuningdek, delegatlar va mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab, “Navoiyuran” DK bosh direktori Dj.Fayzullayevning 2024-yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan tayyorlangan hisobot-ma’ruzasi Inson resurslari bo‘yicha boshqaruvchi direktor A.Oltinov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Temirov o‘z mulohazalarini bildirdi. Ma’ruzachilar korxonada mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasi, sog‘lomlashtirish tadbirlari, yoshlar bilan ishlash, kafolat va imtiyozlar, madaniy hordiq va sport tadbirlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.

Albatta, har bir ishlab chiqarish korxonasi uchun xodimlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash — ustuvor vazifa. Shu nuqtai nazardan, “Navoiyuran” DK Mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i S.Nurnazarov tomonidan 2024-yildagi mehnat muhofazasi holati va 2025-yil uchun yangi kelishuv loyihasi bo‘yicha ma’ruza qilindi.

Konferensiyada mehnat intizomini mustahkamlash, vazifalarni sifatli bajarish va tartib-intizomga qat’iy rioya etish korxonaning iqtisodiy barqarorligi hamda sog‘lom jamoaviy muhitni shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

“Navoiyuran” DKning Inson resurslari bo‘yicha boshqaruvchi direktori A.Oltinov o‘z ma’ruzasida Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishini ikki tomonlama tekshirish dalolatnomasini tasdiqlash hamda “Navoiyuran” DKning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi hamda “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha markaziy komissiya bayonnomalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’ruzachi o‘z chiqishida yangi Jamoa shartnomasining tahriri zamonaviy mehnat qonunchiligiga mos tarzda shakllantirilganini, xodimlarning talab va takliflari inobatga olingan holda tegishli o‘zgartishlar kiritilganini ma’lum qildi. “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga ham bir qator aniqlik va yangiliklar kiritildi. Delegatlar barcha ma’ruzalarni qo‘llab-quvvatladi va Jamoa shartnomasini bir ovozdan ma’qulladi.

Shu tariqa, “Navoiyuran” DK hamda 6-son Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan birgalikda rasman qabul qilindi.

Qayd etish joiz, qabul qilingan yangi tahrirdagi Jamoa shartnomasi IV bo’lim, 17 modda, 16 ta ilovani o‘z ichiga olgan bo‘lib, u ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda kasbiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi muhim ichki normativ hujjat sifatida xizmat qiladi.

Sahifalar

Category

Skip to content