2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” konchilik sohasida raqamli yechimlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlamoqda

Joriy yilning 8–9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘magida tashkil etilgan Micromine markaziy Osiyo foydalanuvchilarining 8-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari ham faol ishtirok etdilar.

Konferensiya turli davlatlardan kelgan mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va geologiya hamda konchilik sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajribalarni muhokama qilish uchun muhim maydonchaga aylandi. Tadbir davomida geologik ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, konlarning uch o‘lchamli modellarini tuzish, shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligi va xavfsizligini oshiruvchi zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarda O‘zbekiston Mineral resurslar instituti tomonidan taqdim etilgan, Jantuar uran koni bo‘yicha blokli modellar va geologik ma’lumotlar bazasini yaratishga bag‘ishlangan ma’ruza katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu loyiha misolida Micromine dasturiy yechimlarining amaliy imkoniyatlari yaqqol namoyon etildi.

“Navoiyuran” DKning bunday xalqaro anjumanlarda ishtiroki korxona uchun yangi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda mamlakatimiz konchilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content