YER QAʼRIDAN FOYDALANISH, SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Bugun “Navoiyuran” DKda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va uning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda korxona Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis A.Saparov, “Navoiyuran” DK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Temirov, mehnat muhofazasi va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktor S.Nurnazarov hamda korxona boshqarmasi bo‘lim va xizmat boshliqlari, muhandis-texnik xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, “Zafarobod” kon boshqarmasi, “Uran va noyob metallar geologiyasi” IIChM, “Nurobod” va “Uchquduq” ishlab chiqarish maydonlari, Markaziy moddiy texnik bazasi, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatikasi markaziy laboratoriyasi bosh muhandislari va tegishli mutaxassislari videokonferens aloqa shaklida qatnashdi.
O‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 633-sonli Qarori mazmun-mohiyati va ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Shundan so‘ng, Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis A.Saparov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i O.Jo‘rayev, uning hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Nurullayevlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan chiqish qilishib, Prezidentimiz va Hukumatimizning sohaga oid hujjatlarining ijro mexanizmlari va amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir avvalida korxona faoliyati va yutuqlariga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.
Masʼullar tomonidan studiyalar va majlislar zalidan ishtirok etganlarning savollariga batafsil javoblar berildi.