2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasi kredit reytingini yangilash yo‘lida

Korxonaning moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy jozibadorligini tasdiqlovchi asosiy belgilardan biri — bu yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan beriladigan xalqaro kredit reytingi hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishdagi yetakchi agentliklardan biri — S&P Global Ratings (AQSh) 2024-yil noyabr oyida “Navoiyuran” davlat korxonasiga BB-/barqaror darajasidagi kredit reytingini bergan edi.

Shu bilan birga, Fitch Ratings (AQSh) 2025-yil iyul oyida korxona kredit reytingini yangilab BB/barqaror darajasigacha oshirdi.

Korxonaning 2025 yil davomidagi ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish, shuningdek, xalqaro kredit reytingini yangilash bo‘yicha yillik jarayon doirasida joriy yilning 14 oktabr kuni “Navoiyuran” davlat korxonasiga S&P Global Ratings agentligi vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida agentlik vakillari korxonaning faoliyati bilan joylarda tanishib chiqishdi, asosiy ishlab chiqarish maydonlarini hamda Uran ishlab chiqarish zavodini ko‘zdan kechirishdi.

Bundan tashqari, korxona rahbariyati tomonidan tashkil etilgan taqdimot (prezentatsiya) doirasida agentlik vakillari korxonaning 2025 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan tanishdilar hamda ularning 2024 yil ko‘rsatkichlari bilan taqqoslama tahlili taqdim etildi. Ushbu ma’lumotlar korxona faoliyatidagi ishlab chiqarish samaradorligining ijobiy dinamikasini yaqqol namoyon etdi.

Tashrifning asosiy maqsadi — korxonaning kredit reytingini 2025 yil noyabr oyida yangilash bo‘lib, “Navoiyuran” davlat korxonasining moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy jozibadorligini yana bir bor tasdiqlash.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content