X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

2024-yil davomida “Navoiyuran” DK tizimida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Bugun ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, qonuniy manfaatlarini himoyalash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar “Navoiyuran” DKda izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.

Korxonada mehnat qilayotgan 9403 nafar ishchi-xodimlarning 1000 nafarga yaqinini xotin-qizlar tashkil qiladi.

Xotin-qizlarni mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish faoliyatida mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, maishiy xonalar (kiyimxona, yuvinish, ayollarning shaxsiy gigiena xonalari) va ularni o‘rnatilgan me’yorlarga asosan soni va jihozlanishi yuzasidan muntazam ishlar olib borildi.

Kam ta’minlangan, og‘ir ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzandi bor ayollarning ro‘yxatlari shakllantirildi. Xotin-qizlar kengashi, kasaba uyushmasi va bo‘linmalar tomonidan nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari, o‘quv qurollari, ularning oilasi bilan dam olishlari uchun sihatgohlarga yo‘llanmalar ajratildi.

Korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini yaratish maqsadida, Navoiy viloyati Oil ava xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

“Navoiyuran” davlat korxonasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat-kengashi tomonidan korxonada gender tenglikni ta’minlash va kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida keltirilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarga asosan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oilaviy yoki boshqa sabablar bilan muammosi aniqlangan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda individual yondashuvlar asosida ishlar olib borildi.

2024-yil davomida korxona xotin-qizlarining ilg‘or vakillaridan 54 nafari korxona rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi va Navoiy viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari, shuningdek, “Konchilik shuhrati” unvonlari  bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi Manzura Nuriddinova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 

“Navoiyuran” DK axborot xizmati

Sahifalar

Category

Skip to content