2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida 2025-yilning yanvar–sentabr oylari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi

“Navoiyuran” davlat korxonasida Bosh direktor Djamal Fayzullaev rahbarligida korxona faoliyatining 2025-yil yanvar–sentabr oylari yakunlari hamda yillik maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishi bo‘yicha asosiy vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bosh direktorning o‘rinbosarlari, direktorlar, departament, boshqarma, bo‘lim va xizmat rahbarlari, shuningdek tarkibiy bo‘linmalarning mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, rahbarlik lavozimlaridagi qator tayinlovlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ta’minot bo‘yicha direktor etib Stanislav Kogay, moliya bo‘yicha direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga Anvar Adizov, bosh muhandis o‘rinbosari – ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i sifatida Valijon Nazarov, xavflarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i etib esa Daniyar Dosjanov tayinlangani ma’lum qilindi. 

Bosh direktor o‘z nutqida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarga alohida to‘xtalib, korxonada tannarxni 40 foizgacha pasaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda barcha imkoniyat va zaxiralarni safarbar etib, ijrosini taxminlash bo‘yicha yechimini belgilab berdi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi. Prezidentimiz raisligida o‘tgan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishni yangi bosqichga olib chiqish” mavzusidagi videoselektorda belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishning asosiy qismida faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq raqamlar tahlil qilinib, muammo va kamchiliklar ochiq muhokama qilindi. Bosh direktor ayrim yo‘nalishlarda belgilangan natijalarga erishilmaganini tanqidiy ruhda qayd etib, mas’ul rahbarlarga shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, uran geologiyasini rivojlantirish, yangi konlarni aniqlash va zaxiralarni oshirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuksak baholandi.

Shundan so‘ng, uran ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va ularni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama etildi. Bosh muhandis Anvarjon Saparov hamda “Zafarobod” kon boshqarmasi direktori Otabek Ro‘ziev bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birga tannarxni pasaytirish borasida o‘zlarining aniq takliflarini bildirdi. Taklif va mulohazalar asosida 2025-yilning 4-choragi va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Muhokamalar jarayonida tarkibiy bo‘linmalar va geotexnologik konlar rahbarlari ishlab chiqarishdagi muammolar, ularni bartaraf etish choralari va geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha ma’lumot berishdi.

Yig‘ilishda kadrlar salohiyatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ham qayd etildi.

Xususan, yangi burg‘ilash uskunalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, yoshlar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli mutaxassislarning ro‘yxatini shakllantirib, ularni xorijda tajriba orttirishini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, korxonani raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni ishlab chiqish, quduqlar haqidagi barcha ma’lumotlarni yagona platformada saqlash va tahlil qilish, boshqaruv va texnik qarorlarni yaxshilash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, bu borada inson omilini qisqartirish va konlarni 3D modellashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek,  mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, ish joylarida texnika xavfsizligi holatini muntazam o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida korxona bo‘linmalari oldiga ishlab chiqarish hajmini oshirish, texnologik quduqlar sifatini yaxshilash, elektr uzatish tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, geotexnologik konlarning tarkibini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish, burg‘ilash va geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish “Navoiyuran” davlat korxonasining ikkinchi yarim yillikda barqaror faoliyatini ta’minlash va yillik maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi. Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tdi, har bir rahbar va mutaxassis oldiga aniq, manzilli vazifalar qo‘yildi.

Sahifalar

Category

Skip to content