2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” DK IUMF 2025 forumida ESG yo‘nalishidagi yutuqlarini taqdim etdi

“Navoiyuran” davlat korxonasi Xalqaro O‘zbekiston tog‘-kon va metallurgiya forumida (IUMF 2025) ishtirok etib, Ekologik, Ijtimoiy va Korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish borasidagi yutuqlarini taqdim etdi.

Forumda korxonaning ESG tamoyillarini joriy etish va rivojlanish strategiyani ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Hamroyev “Navoiyuran” DKda ESG tamoyillarining joriy etilishi mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada kompaniyaning asosiy tashabbuslari — BMT Global Shartnomasiga qo‘shilish, Sustainable Fitch tomonidan ESG reytingini olish, PwC bilan hamkorlikda o‘rta muddatli iqlim strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek investorlar bilan ochiqlik va ishonchli aloqalarni rivojlantirish haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ESG tamoyillarini joriy etish bugungi kunda korxonaning korporativ strategiyasi va kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, bu mas’uliyat, innovatsiya va barqaror o‘sishga xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

“ESG transformatsiyasi — bu bir martalik loyiha emas, balki risklarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va manfaatdor tomonlar uchun uzoq muddatli qiymat yaratish uslubini o‘zgartiruvchi uzluksiz jarayon,” — dedi Hamroyev.

IUMF 2025 forumidagi ishtirok “Navoiyuran”DK ning mas’uliyatli va barqaror rivojlanishga, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Sahifalar

Category

Skip to content