2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Vazir “Navoiyuran” davlat korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar bilan tanishdi

Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov “Navoiyuran” davlat korxonasida bo‘ldi.

Vazir korxona huzurida yangidan tashkil etilgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanishdi, Uran ishlab chiqarish zavodida quvvatlarni kengaytirish maqsadida oʻrnatilgan yangi qizdirish pechini ko‘zdan kechirdi.  

Mahalliylashtirish dasturi doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi uchun burgʻilash uskunalarini ishlab chiqarayotgan korxonalardagi mahsulotlarning sifati hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanib, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, shuningdek, energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Navoiy viloyatidagi xizmat safari davomida “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi ishchi-xodimlari istiqomat qilayotgan Zafarobod shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Vazir boshchiligidagi ishchi guruh Konimex tumani hududidagi Aulbek maydonida “O‘zbekgidrogeologiya” DM va “Navoiyuran” DK hamkorligida yangi istiqbolli uran konlarini izlab topish va zaxiralarni o‘stirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi.

Tomdi tumani hududidagi “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni “Qizilqoq” tajriba-sinov maydonida uran zaxiralarini o‘stirish maqsadida geologiya-qidiruv va tajriba-sinov ishlarining borishi xususidagi taqdimotdan keyin konda qidiruv ishlarini qisqa muddatda yakuniga yetkazib, davlat zaxiralari komissiyasidan o‘tkazish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, safar davomida “Navoiyuran” davlat korxonasining Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi quvvatlarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Sahifalar

Category

Skip to content