2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur muhim umumdavlat tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish, belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida bugun, 19-dekabr kuni “Navoiyuran” davlat korxonasida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan mashg‘ulotda ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi mas’ul xodimlar (mobil guruhlar), shuningdek, tarkibiy bo‘linmalarning Axborot tеxnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari qatnashdi. Unda “Navoiyuran” DK Inson resurslari departamentiga qarashli kadrlar masalalari bo‘yicha rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlar faol ishtirok etdi.

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, tashkiliy jihatlari, shuningdek, https://census.stat.uz/auth platformasiga kiritish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida ro‘yxatga olish ma’lumotlarining aniqligi va haqqoniyligini ta’minlash hamda mas’ul xodimlarning vazifa va majburiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur mashg‘ulot aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish, jarayonlarda ishtirok etuvchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Navoiyuran” DK PR xizmati

Sahifalar

Category

Skip to content