2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

EZGULIK VA XAYR-SAXOVAT YO‘LIDA

“Navoiyuran” davlat korxonasi jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini teran anglagan holda, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashni ustuvor qadriyatlaridan biri sifatida ko‘radi.

Xususan, ijtimoiy himoya Yagona reyestriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda, Qurbon hayiti kabi ulkan ma’naviy va saxovat ramzi bo‘lgan bayram arafasida Konimex tumanida istiqomat qiluvchi 100 ta oilaga xayriya yordami ko‘rsatildi. Mazkur tadbir doirasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat to’plam tarqatildi.

Ushbu xayrli tashabbus katta mamnuniyat va minnatdorlik bilan qabul qilindi. Bu kabi amaliy yordam nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham jamiyatda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

“Navoiyuran” DK ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday xayrli ishlarni kelgusida ham muntazam davom ettiradi.

Sahifalar

Category

Skip to content