INSONPARVARLIK VA IJTIMOIY MASʼULIYAT NAMUNASI
“Navoiyuran” DK rahbariyati tomonidan nogironligi bor va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Konimex tumani hududiy boʻlinmasi aʼzolarining tashabbuslari va takliflari inobatga olinib, bugun, 31-may kuni korxona homiyligida Samarqand shahriga turistik sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohatda 28 nafar Koʻzi ojizlar jamiyati va 22 nafar Nogironlar jamiyati aʼzolari boʻlgan konimexlik bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Sayohat davomida mehmonlar Hazrati Xizr masjidi, Registon maydoni kabi tarixiy hamda “Boqiy shahar” kabi zamonaviy sayyohlik obyektlarida boʻlishdi.
Shuningdek, ziyoratchilar uchun tushlik tashkil etildi.