2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Ishchi-xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi

 “Navoiyuran” davlat korxonasi Boshqarmasida oilaviy munosabatlarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tenglik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona Xotin-qizlar kengashi raisi D.Xusanova, Navoiy viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mutaxassisi D.G‘afforova, viloyat reabilitatsiya markazi direktori N.Ermamatova, “Baxt qasri” markazi psixologi S.Arzikulova hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Muloqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5020-son qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlarning oilaviy barqarorligini ta’minlash, farzandlar tarbiyasidagi rolini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlash, jamiyatda ayol va erkakning teng huquqli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.

Psixolog va soha mutaxassislari ishtirokida turmushdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, farzand tarbiyasida ota va ona mas’uliyati kabi dolzarb mavzularda amaliy treninglar ham o‘tkazildi.

Sahifalar

Category

Skip to content