2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Jahonning yetakchi uran sanoati vakillari “Navoiyuran” davlat korxonasida bo‘lishdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 13–17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (MAGATE), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi hamkorligida “Qumtoshli turdagi uran konlarini izlash va qazib olish sohasidagi yutuqlar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro texnik yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda jahonning 25 ta davlatidan kelgan uran sanoati ekspertlari, olimlar va sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Dastur doirasida mehmonlar Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, “Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Kuning birinchi yarmida mehmonlar “Farhod” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ishtirok etdilar. Anjumanda korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi videotaqdimot namoyish etildi. Shuningdek, korxona mutaxassislari uran geologiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlariga oid taqdimot bilan chiqish qildilar.

Tashrif davomida mehmonlar muzeyda korxona tarixiga nazar tashladilar. Ular yurtimizda uran qazib olishning ilk bosqichlaridan to bugungi zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish jarayonlarigacha bo‘lgan bosqichlar bilan tanishdilar.
Mehmonlar korxonadagi ishlab chiqarish madaniyati, geologik qidiruv ishlariga ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy etish va xodimlar salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarga yuqori baho berdilar.

Bu kabi xalqaro hamkorlik tadbirlari O‘zbekiston uran sanoatining nufuzini yanada oshirish, ilmiy tajriba va innovatsion yechimlar almashinuviga xizmat qilmoqda.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content